Ташкент, Юнусабадский район, 1-й проезд Катта Хасанбай, 19
DunyaBunya — qurilish materiallari chakana hamda ulgurji savdosi bo‘yicha jadal rivojlanayotgan yirik kompaniyalar tarmog‘i!
Moliyaviy intizom va hisob-kitoblar aniqligi kompaniyamizning eng ustuvor ustunlaridan biridir. Shu sababli Undiruv bo‘limiga raqamlar bilan professional ishlay oladigan, buxgalteriya hisob-kitobini puxta tushunadigan, debitorlik qarzdorligini nazorat qilib sverka (solishtirma dalolatnoma) ishlarini bexato yurita oladigan Sverkachi-Menejerni jamoamizga taklif etamiz!
Vazifalar:
Sverka (Solishtirma dalolatnoma) yuritish: Mijozlar, xaridorlar va hamkorlar bilan savdo hamda to‘lovlar bo‘yicha sverka aktlarini muntazam shakllantirish, solishtirish va tasdiqlash.
Buxgalteriya hisob-kitobi nazorati: 1C / Excel dasturlarida o‘zaro hisob-kitoblarni (akt sverka, nakladnoy, schet-faktura) to‘g‘ri aks etishini tekshirish va xatoliklarni bartaraf etish.
Debitorlik qarzdorligi (Undiruv) bilan ishlash: Muddati o‘tgan qarzdorliklarni tahlil qilish, mijozlar bilan aloqaga chiqib, to‘lovlar grafigini nazorat qilish va undiruvni ta’minlash.
Hisobot berish: Debitorlik holati va sverka yakunlari bo‘yicha moliya bo‘limiga va rahbariyatga aniq hisobotlarni taqdim etish.
Buxgalteriya bilimlari: Buxgalteriya hisobi, debitorlik/kreditorlik va moliya hisob-kitoblaridan mukammal xabardor bo‘lish shart!
Tajriba: Buxgalteriya, sverka yoki debitorlik qarzdorligi bilan ishlash yo‘nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi.
Dasturlar: MS Excel (formulalar, filtrlar bilan erkin ishlash) va 1C dasturini yaxshi bilish.
Shaxsiy fazilatlar: O‘ta diqqat-e’tiborli, mas’uliyatli, kirishimli, qat’iyatli hamda punktual bo‘lish.
Tillar: O‘zbek va rus tillarida ravon muloqot va yozishma yurita olish.
Munosib va kafolatlangan daromad: 5 000 000 – 7 500 000 so‘m (Oklad + o‘z vaqtida yopilgan sverka hamda undiruv KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha bonuslar).
Bepul va mazali ovqat: Kompaniya hisobidan kunlik tushlik va kechki ovqat ta’minlanadi.
Ijtimoiy paket (Sotsial paket): Har oyning oxirida barcha xodimlarimiz uchun ro‘zg‘orlik paketi beriladi.
Ish grafigi: 6/1, soat 09:00 dan 19:00 gacha.
Sharoitlar: Qulay va zamonaviy ofis, axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan ish joyi hamda ahil jamoa.
MANSUROVA MUXLISA ABDURASHID QIZI
Ташкент
до 10000000 UZS
AVTO AKBAR DAIMLER
Ташкент
до 10000000 UZS
KURBONOVA NIGORAXON BAHODIR QIZI
Ташкент
до 7000000 UZS
Ташкент
до 12000000 UZS