Biriktirilgan hudud bo’yicha sotuv rejasini bajarish: rejani mijozlar kesimida taqsimlash, haftalik nazorat, orqada qolayotgan mijoz va mahsulot guruhlarini aniqlash hamda tuzatish choralarini belgilash
Hududda yangi mijozlar va savdo nuqtalarini izlash, qamrovni kengaytirish
Savdoni oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish: hudud bozori, raqobatchilar va xaridorlar qatlamini tahlil qilish, rejani bo’lim boshlig’i bilan kelishish, natijalarni bosqichlar bo’yicha nazorat qilish
Dilerlar va distribyutorlar bilan ishlashni tashkil etish: tashrif jadvalini yuritish, assortiment, narx shartlari, aksiya va yangi modellar haqida ma’lumot yetkazish, savdo nuqtalarida mahsulot mavjudligi va ko’rgazmasini tekshirish
Hamkorlarga sotuv hajmi, assortimentni kengaytirish va mahsulotni ilgari surish bo’yicha vazifalar qo’yish, keyingi tashrifda ijrosini tekshirish
Hududga biriktirilgan xodimlarga vazifa qo’yish va ijrosini ta’minlash: vazifalarni taqsimlash, haftalik uchrashuvlar, natijalarni sotuv ko’rsatkichlari asosida baholash, rag’batlantirish va intizomiy chora bo’yicha takliflar kiritish
Buyurtmalarni hisob tizimida rasmiylashtirish, ombor va logistika bilan jo’natish muddatlarini muvofiqlashtirish
To’lov shartlari va muddatlarini nazorat qilish, muddati o’tgan qarz bo’yicha mijoz bilan to’lov grafigini kelishish
Raqobatchilar monitoringi, sotuv, mijozlar va qarz holati bo’yicha haftalik hamda oylik hisobot tayyorlash
Bozor tahlili asosida narx, assortiment va aksiyalar bo’yicha takliflar kiritish
Talablar
Oliy ma’lumot (bakalavr); menejment, marketing, iqtisodiyot, savdo ishi yoki biznesni boshqarish — afzallik
Savdo sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
Majburiy: xodimlarga vazifa qo’yish va ularning ijrosini ta’minlash bo’yicha tajriba
Majburiy: davlat idorasi yoki boshqa tashkilotda ijro intizomini ta’minlash tajribasi
Hududiy savdo, diler va distribyutorlar bilan ishlash tajribasi
Muzokara olib borish va shartnoma tuzish tajribasi
Savdo jarayonlari va distribusiya tamoyillarini, narx hamda chegirma siyosati asoslarini bilish
Sotuv, bozor va raqobat tahlili, hisobot tayyorlash ko’nikmasi
Microsoft Excel’ni yaxshi bilish: formulalar, qidiruv funksiyalari, yig’ma jadvallar
ERP va mijozlar bilan ishlash (CRM) tizimlarida ishlash ko’nikmasi
O’zbek tili — erkin, rus tili — ish darajasida majburiy
Biriktirilgan hududga muntazam xizmat safarlariga chiqishga tayyorlik
Shartlar
Ish joyi: Toshkent ofisi
Ish grafigi: 6/1, 09:00 dan 18:00 gacha
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish