«Agrobank» – respublikaning barcha hududlarida filiallar tarmog‘iga ega davlat banki bo‘lib, bugun bankda islomiy moliya yo‘nalishi shakllantirilmoqda. Har bir mahsulot qanday daromad keltirishini va pul oqimlari qanday harakatlanishini aynan siz hisoblaysiz, xatolarning oldini oladigan nazoratlarni esa o‘zingiz yo‘lga qo‘yasiz – modeldan birinchi mijozgacha. Shu bois islomiy moliya yo‘nalishi jamoasiga raqamlar bilan fikrlaydigan va har bir qarorni hisob-kitob bilan asoslaydigan moliyaviy operatsion menejerni izlayapmiz.
Sizning vazifalaringiz:
- Islomiy moliya mahsulotlarining moliyaviy modellarini tuzish: daromadlilik, xarajatlar va pul oqimlari;
- Ustama, komissiya va to‘lov jadvallarini hisoblash, bitta shartnoma kesimida mahsulot daromadliligini baholash;
- G‘aznachilik bo‘linmasi bilan birgalikda moliyalashtirish manbalari va ularning likvidlikka ta’sirini baholash;
- Risklarni boshqarish bo‘linmasi bilan kredit, likvidlik va operatsion risk parametrlarini kelishish;
- Buxgalteriya va axborot texnologiyalari bo‘linmalari bilan hisob kitoblar, o‘tkazmalar va nazorat tartiblarini ishlab chiqish;
- Operatsion jarayonlarni boshidan oxirigacha tavsiflash va tekshirish, tahliliy hisobotlarga talablarni belgilash;
- Foydalanuvchilar ishtirokidagi qabul sinovlari va mahsulotni ishga tushirishda ishtirok etish, keyinchalik uning natijalarini kuzatib borish.
Nomzodga talablar:
- Ma’lumot: moliya, iqtisodiyot, bank ishi, buxgalteriya hisobi yoki audit yo‘nalishida oliy ma’lumot (aniq fanlar bo‘yicha oliy ma’lumotli, moliyaviy tajribasi bor nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi);
- Tajriba: kamida 3 yil moliyaviy tahlil, operatsion nazorat, g‘aznachilik, risklarni boshqarish yoki mahsulot tahlili bo‘yicha (bank, fintex kompaniyasi, lizing, mikromoliya yoki audit tashkilotida);
- Ko‘nikmalar: moliyaviy modelni noldan qurish (asosiy omillar, ssenariylar, sezgirlik tahlili) hamda to‘lov jadvali, samarali stavka va pul oqimlarini mustaqil hisoblay olish; operatsion jarayonlarni tavsiflash, axborot texnologiyalari va tahliliy hisobotlar uchun talablarni yozma shakllantirish hamda ularni turli bo‘linmalar bilan kelisha olish;
- Bilimlar: buxgalteriya va boshqaruv hisobi, hisob ma’lumotlarini solishtirish va operatsion nazorat; likvidlik, moliyalashtirish, kredit yoki operatsion risklardan kamida bittasini boshqarish tamoyillari;
- Kompyuter savodxonligi: Excel dasturini yuqori darajada bilish (XLOOKUP yoki INDEX/MATCH, SUMIFS, yig‘ma jadvallar, Power Query, PMT/IRR/XIRR funksiyalari, ssenariy tahlili) va avtomatlashtirilgan bank tizimi ishlash mantig‘ini tushunish;
- Tillar: o‘zbek va rus tillarini erkin bilish;
- Filiallarga xizmat safarlari, ishchi guruhlar va mahsulot sinovlarida ishtirok etishga tayyor bo‘lish.
Afzallik hisoblanadi:
- Yangi bank mahsulotini ishga tushirish tajribasi;
- Islomiy moliya instrumentlari (murabaha, ijara, vakala) va AAOIFI (Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti) standartlarini bilish;
- ACCA (xalqaro sertifikatlangan buxgalter) yoki CFA (xalqaro sertifikatlangan moliyaviy tahlilchi) malakasi (qisman topshirilgan bo‘lsa ham);
- G‘aznachilik bo‘yicha tajriba, biznes-tahlil (BI) tizimlari va SQL (ma’lumotlar bazasiga so‘rov tili) ko‘nikmalari;
- Ingliz tilini o‘rta (B1) va undan yuqori darajada bilish.
Biz taklif etamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi;
- Ish tartibi: dushanba–juma, 09:00–18:00;
- Yangi yo‘nalishni noldan shakllantirish va mahsulotni modeldan ishga tushirishgacha olib borish tajribasi;
- Kasbiy rivojlanish hamda g‘aznachilik, risklarni boshqarish, buxgalteriya va axborot texnologiyalari mutaxassislari bilan birga ishlash imkoniyati.