Ish joyi manzili: Toshkent shahri, Sergeli tumani ("Chinor" metro bekati yaqinida)
Majburiyatlar (Обязанности):
Grafik dizayn boʻyicha:
- Tashqi va ichki reklama materiallari uchun sifatli dizayn maketlarini yaratish (reklama bannerlari, bilbordlar, stendlar);
- Poligrafiya mahsulotlari dizaynini tayyorlash (flayerlar, bukletlar, kataloglar, vizitkalar va boshqalar);
- Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram) uchun vizual kontent hamda reklamalarni rasmiylashtirish;
- Tayyorlangan maketlarni bosmaga (prepress) toʻgʻri va sifatli tayyorlash.
Ofis-menejerlik boʻyicha:
- Ofis faoliyatini uzluksiz tashkillashtirish va tartibni saqlash;
- Kerakli kantselyariya va ofis materiallariga buyurtma berish hamda ularning hisobini yuritish;
- Kelgan qoʻngʻiroqlarga javob berish, mehmonlar va mijozlarni kutib olish;
- Hujjatlar bilan ishlash (xatlar, topshiriqlar va birlamchi hujjatlarni yuritish/tartiblash);
- Rahbariyatning ma'muriy topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish.
Talablar (Требования):
- Faqat ayollar va qizlar nomzodi koʻrib chiqiladi;
- Grafik dizayn sohasida tajriba hamda Adobe Photoshop, Adobe Illustrator va CorelDRAW dasturlarida ishlash koʻnikmasi;
- Kompyuter va asosiy ofis dasturlarini (MS Office: Word, Excel) mukammal bilish;
- Muloqotga kirishuvchanlik, xushfe'llik va mas'uliyatlilik;
- Bir vaqtning oʻzida turli vazifalarni unumli bajara olish (multitasking);
- Oʻzbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish;
- Portfolioga ega boʻlish (dizayn ishlari namunalari).
Mehnat sharoitlari (Условия):
- Qulay joylashuv: Sergeli tumani, "Chinor" metro bekati yaqinida joylashgan zamonaviy ofis;
- Ish grafigi: 6/1 (haftada 6 kun ish, 1 kun dam);
- Ish vaqti: 08:00 dan 19:00 gacha;
- Oʻz vaqtida va raqobatbardosh maosh (suhbat natijalariga koʻra belgilanadi);
Ahil va shinam ish muhiti.