Ташкент, Узбекистанская линия, метро Айбека
Koreyaning taniqli kosmetika brendlarini O'zbekiston marketpleyslarida sotamiz:
Uzum Market, Wildberries, Yandex Market, Ozon. Brendlarimizning Instagram
profillarini yuritadigan SMM menejer kerak. Maqsad — obunachi yig'ish emas,
marketpleysdagi savdoni oshirish.
ASOSIY VAZIFALAR
1. KONTENT REJA VA POSTLAR
Haftalik kontent reja, mahsulot postlari va karusellar, o'zbek va rus tilida
matn yozish.
2. REELS VA STORIES
Kundalik stories, haftasiga bir nechta reels: mahsulotni ochish, qo'llash,
natija, mijoz sharhlari.
3. SURATGA OLISH VA MONTAJ
Mahsulotni ofisda telefonda suratga olish, video montaji, subtitr va matn
qo'yish (CapCut, Canva).
4. AUDITORIYA BILAN ISHLASH
Direct va izohlarga javob, savollarni yopish, mijozni marketpleysdagi
kartochkaga yo'naltirish.
5. O'SISH VA NATIJA
Reklama va blogerlar bilan ishlash, natijani o'lchash: qamrov, saqlash,
profilga o'tish va marketpleysga bosishlar.
TALABLAR
• Instagram akkauntlarini yuritishda kamida 1 yil tajriba
• Portfolio SHART: yuritgan akkauntlaringiz havolasi
• Reels suratga olish va montaj qila olish
• O'zbek va rus tilida matn yozish
• Canva, CapCut yoki shunga o'xshash dasturlar
• Kosmetika yoki go'zallik sohasi tajribasi — afzallik
SHARTLAR
• Oylik 5 000 000 – 7 000 000 so'm (tajribaga qarab)
• Ofisda ishlash (masofaviy emas), 6/1, 9:00–18:00
• Mahsulot, suratga olish joyi va dizayn shablonlari tayyor beriladi
• Dizayner bilan birgalikda ishlaysiz
Xat yozganda 2 savolga javob bering:
1) Qaysi akkauntlarni yuritgansiz? Havolasini yuboring.
2) Oxirgi 3 oyda qanday natijaga erishdingiz — raqam bilan (qamrov,
obunachi, savdo)?
Ташкент
до 9000000 UZS