“Glamour Cosmetics” — Trichup (Hindiston), Vasu Healthcare (Hindiston), TonyMoly (Koreya), Note Cosmetics (Turkiya) kabi halol kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari brendlarining eksklyuziv distribyutori.
Brend menejer (savdo va bozor tahlili)
Brendlarimizning bozordagi o‘rnini mustahkamlash va savdosini oshirish uchun tahliliy fikrlaydigan, tashabbuskor brend menejer izlaymiz.
Vazifalar:
- Bozor, xaridorlar talabi va kosmetika sohasidagi tendensiyalarni o‘rganish.
- Raqobatchilarning mahsulotlari, narxlari, aksiyalari va savdo kanallarini tahlil qilish.
- Savdo ko‘rsatkichlarini brend, mahsulot va savdo kanallari kesimida kuzatish.
- Savdoni oshirish bo‘yicha aniq takliflar va harakat rejasini ishlab chiqish.
- Mahsulot assortimentini rivojlantirish, yangi mahsulotlar uchun bozor imkoniyatlarini baholash.
- Savdo va marketing jamoalari bilan birga aksiyalar hamda mahsulot taqdimotlarini rejalashtirish.
- Aksiyalar natijasini baholash va muntazam tahliliy hisobotlar tayyorlash.
Talablar:
- Brend menejment, savdo, marketing yoki bozor tahlili bo‘yicha amaliy tajriba.
- Excel yoki Google Sheets’da ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash ko‘nikmasi.
- Savdo dinamikasi, marja va aksiya samaradorligini tushunish.
- Raqamlar asosida xulosa chiqarish va uni amaliy taklifga aylantira olish.
- Mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik.
- O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish.
- Kosmetika mahsulotlari sohasidagi tajriba afzallik bo‘ladi.
Biz taklif qilamiz:
- Ish haqi: suhbat natijasiga ko‘ra kelishiladi.
- Ish jadvali: 5/2 — haftasiga 5 kun ish, 2 kun dam olish.
- Rezyumeda ishlagan brendlaringiz, tahlil qilgan loyihalaringiz va erishgan savdo natijalaringizni ko‘rsatishingizni so‘raymiz.