Ташкент, 2-й тупик Хасанбой, 50А
DunyaBunya jamoasiga Taxta, yog‘och va pilomateriallar yo‘nalishida ishonchli postavshiklarni topa oladigan, xaridlar bo‘yicha tender o‘tkaza oladigan va sotuv tajribasiga ega Ta’minotchi-Menejerni taklif etamiz!
Agar siz taxta turlari va kubaturasini, Rossiya va mahalliy bazalardan eng sifatli va arzon mahsulotni olib kelish hamda sotishni bilsangiz — jamoamizga xush kelibsiz!
Vazifalar:
Postavshiklar va xaridorlar: Taxta (brus, doska, fenera va h.k.) bo‘yicha birinchi qo‘l yetkazib beruvchilar hamda bazalarni topish.
Tender va shartnomalar: Taxta xaridi bo‘yicha eng yaxshi narxlarni olish uchun tender/muzokaralar o‘tkazish.
Sotuv: Yog‘och va taxta mahsulotlarini mijozlar hamda qurilish obyektlariga sotish, hajmini (kubaturasini) aniq hisoblab berish.
Nazorat: Taxtaning navi (sorti), namligi va sifati ustidan nazorat olib borish.
Taxta va yog‘och materiallari bo‘yicha ta’minot yoki sotuvda kamida 1 yillik tajriba shart!
Yog‘och turlari, o‘lchamlari va sifat ko‘rsatkichlarini mukammal bilish.
Muzokara va sotuv ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qilish.
Daromad: 5 000 000 – 15 000 000 so‘m (Oklad + KPI / Natijaga qarab bonuslar).
Ish grafigi: 6/1, soat 09:00 dan 19:00 gacha.
Ovqatlanish: Kompaniya hisobidan tushlik va kechki ovqat.
Ijtimoiy paket (Sotsial paket): Har oyning oxirida ro‘zg‘orlik paketi beriladi.
СП ООО Premier Electrotech
Ташкент
до 15000000 UZS