STARS International University soliq va sug‘urta yo‘nalishida nazariy bilim va amaliy tajribaga ega o‘qituvchini akademik jamoamizga taklif etadi.
Biz soliq tizimi, sug‘urta, moliyaviy risklar va zamonaviy sug‘urta bozorini nazariya bilan birga real amaliy misollar va case'lar asosida talabalarga o‘rgata oladigan mutaxassisni izlayapmiz.
Asosiy vazifalar:
- Bakalavriat talabalari uchun ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar olib borish;
- Soliqlar va soliqqa tortish, sug‘urta ishi, risklarni boshqarish fanlaridan dars berish;
- Sug‘urta mahsulotlari va bozori hamda moliyaviy vositachilik asoslarini o‘rgatish;
- Soliq va sug‘urta tizimini nazariya va amaliy misollar asosida tushuntirish;
- Sug‘urta risklari, tariflash mantig‘i, da’volar jarayoni va sug‘urta shartnomalari bo‘yicha case'lar ishlab chiqish;
- Soliq hisob-kitoblari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
- Talabalarga moliyaviy risk, risk transfer va sug‘urtaning iqtisodiy rolini tushuntirish;
- Fan sillabusi, o‘quv materiallari, topshiriqlar va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
- O‘quv materiallarini bozor va qonunchilikdagi o‘zgarishlarga muvofiq muntazam yangilab borish;
- Talabalar ishlarini tekshirish, baholash va konstruktiv feedback berish;
- Universitetning akademik va metodik faoliyatida ishtirok etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Soliqlar va soliqqa tortish, sug‘urta ishi, moliya, bank ishi yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Tegishli yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasi;
- Kamida 2 yil o‘qituvchilik tajribasi yoki soliq, sug‘urta yoki moliya sohasida kamida 3 yil amaliy ish tajribasi;
- Soliq tizimi va sug‘urta biznesining asosiy tamoyillarini yaxshi bilish;
- Risk va sug‘urta terminologiyasini tushuntira olish;
- Moliyaviy hisob-kitoblar va MS Excel bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Amaliy case va muammoli vaziyatlar asosida dars olib bora olish;
- Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish;
- Moliya va sug‘urta terminologiyasini ingliz tilida tushunish va undan foydalana olish;
- Mas’uliyatlilik va akademik etikaga rioya qilish.
Quyidagilar ustunlik beradi:
- Sug‘urta kompaniyasi, brokerlik tashkiloti, bankning risk bo‘limi yoki soliq yo‘nalishida amaliy ish tajribasi;
- Risk Management, Actuarial Basics yoki moliya yo‘nalishidagi xalqaro professional sertifikatlar;
- Sug‘urta mahsulotlari va risklarni boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba;
- Ingliz tilida tegishli fanlardan dars berish tajribasi.
Biz taklif qilamiz:
- STARS International Universityda professional akademik muhitda ishlash;
- Rasmiy ishga qabul qilish;
- Zamonaviy auditoriyalar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish;
- Akademik va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
- Universitet loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
- To‘liq yoki qisman bandlik imkoniyati;
- Ish grafigi suhbat davomida kelishiladi;
- Ish haqi nomzodning tajribasi, malakasi va o‘quv yuklamasiga qarab suhbat davomida kelishiladi.
Tanlov jarayoni:
Suhbat davomida nomzodga sug‘urta riskini baholash va tegishli mahsulotni tanlash bo‘yicha case yoki soliq bo‘yicha qisqa amaliy hisob-kitob topshirig‘i taklif qilinishi mumkin.