Преподаватель Business English / Financial English

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY

Преподаватель Business English / Financial English

Ташкент, улица Кутб, 2

Описание вакансии

STARS International University biznes va moliya yo‘nalishida ingliz tilini professional darajada o‘rgata oladigan Business English / Financial English o‘qituvchisini akademik jamoamizga taklif etadi.

Biz ingliz tilini biznes, buxgalteriya va moliya sohasi bilan bog‘lab, talabalarning professional kommunikatsiya, yozish, prezentatsiya va sohaga oid terminologiya ko‘nikmalarini rivojlantira oladigan mutaxassisni izlayapmiz.

Asosiy vazifalar:

  • Bakalavriat talabalari uchun Business English va Financial English fanlaridan dars berish;
  • Buxgalteriya, moliya va biznesga oid ingliz tilidagi professional terminologiyani o‘rgatish;
  • Professional Communication, Business Presentations va Report Writing bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish;
  • Talabalarni professional email, report, presentation, meeting va negotiation tiliga o‘rgatish;
  • Moliyaviy hisobotlar va biznes matnlarini ingliz tilida o‘qish, tushunish va izohlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • Annual report, invoice, chart, business article va real case kabi amaliy materiallardan foydalanish;
  • Talabalarning professional vocabulary, speaking va writing ko‘nikmalarini rivojlantirish va baholash;
  • Fan sillabusi, lesson plan, o‘quv materiallari, topshiriqlar va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
  • Zamonaviy o‘qitish metodlari, raqamli materiallar va LMS vositalaridan foydalanish;
  • Talabalar ishlarini tekshirish va konstruktiv feedback berish;
  • Universitetning akademik va metodik faoliyatida ishtirok etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • TESOL, Applied Linguistics, Ingliz filologiyasi yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Magistr darajasiga ega bo‘lish afzal;
  • Ingliz tilini C1 yoki undan yuqori darajada bilish;
  • Kamida 2 yil English / Business English o‘qitish tajribasi;
  • Business English, ESP yoki EAP o‘qitish metodikasini yaxshi bilish;
  • Accounting, finance, banking yoki business terminologiyasi bilan ishlay olish;
  • O‘quv materiallarini talabalarning kasbiy yo‘nalishiga moslashtira olish;
  • Professional yozish, prezentatsiya va kommunikatsiya ko‘nikmalarini o‘rgata olish;
  • Zamonaviy va interaktiv o‘qitish metodlaridan foydalana olish;
  • Mas’uliyatlilik va akademik etikaga rioya qilish.

Quyidagilar ustunlik beradi:

  • IELTS 7.5+ yoki ekvivalent darajadagi xalqaro sertifikat;
  • CELTA, TESOL, TEFL yoki boshqa xalqaro teaching qualification;
  • Buxgalteriya, bank, moliya yoki biznes bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim yoki amaliy ish tajribasi;
  • Cambridge Business English, ESP yoki corporate training bo‘yicha tajriba;
  • Professional va moliyaviy ingliz tili bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqish tajribasi.

Biz taklif qilamiz:

  • STARS International Universityda professional akademik muhitda ishlash;
  • Rasmiy ishga qabul qilish;
  • Zamonaviy auditoriyalar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish;
  • Akademik va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
  • Universitet loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
  • To‘liq yoki qisman bandlik imkoniyati;
  • Ish grafigi suhbat davomida kelishiladi;
  • Ish haqi nomzodning tajribasi, malakasi va o‘quv yuklamasiga qarab suhbat davomida kelishiladi.

Tanlov jarayoni:

Suhbat davomida nomzoddan “Reading a Profit and Loss Statement” yoki “Business Presentation Language” mavzusida 10 daqiqalik demo dars o‘tkazish hamda moliyaviy terminlarni sodda ingliz tilida tushuntirish so‘ralishi mumkin.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Founders Group

IELTS 8.0 & ESL Teacher

Founders Group

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

НОУ FITRAT STUDY

English teacher

НОУ FITRAT STUDY

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

Registan School
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

My School
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

SHEROV SCHOOL
  • Ташкент

  • до 25000000 UZS

Учитель General English и IELTS

НТМ “GLOBAL INTENSIVE EDUCATION” (Oxford Learning Center)

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию