STARS International University FinTech va raqamli moliya yo‘nalishida nazariy bilim hamda amaliy tajribaga ega o‘qituvchini akademik jamoamizga taklif etadi.
Biz zamonaviy moliyaviy texnologiyalar, raqamli bank xizmatlari va to‘lov tizimlarini real biznes jarayonlari bilan bog‘lab, talabalarga nazariy va amaliy tarzda o‘rgata oladigan mutaxassisni izlayapmiz.
Asosiy vazifalar:
- Bakalavriat talabalari uchun ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar olib borish;
- Digital Finance, FinTech Fundamentals va Digital Payments fanlaridan dars berish;
- Digital Banking, Blockchain/DLT asoslari, FinTech risklari va tartibga solish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
- FinTech ekotizimi, raqamli to‘lovlar va zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni amaliy misollar asosida tushuntirish;
- Banklar va to‘lov platformalaridagi raqamli jarayonlarni tahlil qilish;
- Mobile Banking, API va Open Banking kabi zamonaviy texnologiyalarni biznes nuqtai nazaridan tushuntirish;
- Talabalar uchun amaliy case'lar, loyihalar va prezentatsiyalar tayyorlash;
- Texnologik risklar, ma’lumotlar xavfsizligi, compliance va tartibga solish masalalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish;
- Fan sillabusi, o‘quv materiallari, topshiriqlar va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
- O‘quv materiallarini FinTech bozoridagi yangi texnologiyalar va tendensiyalarga muvofiq muntazam yangilab borish;
- Talabalar ishlarini tekshirish, baholash va konstruktiv feedback berish;
- Universitetning akademik va metodik faoliyatida ishtirok etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar, bank ishi, iqtisodiyot, axborot tizimlari yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistr darajasi;
- Kamida 2 yil o‘qituvchilik tajribasi yoki bank, FinTech yoki raqamli mahsulotlar sohasida kamida 3 yil amaliy ish tajribasi;
- Bank va moliya tizimi, raqamli to‘lovlar hamda FinTech biznes modellarini yaxshi tushunish;
- Digital products, Mobile Banking, e-Payment, API va Open Banking bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
- Ma’lumotlar bilan ishlash, Excel yoki BI vositalaridan foydalana olish;
- Texnik tushunchalarni iqtisodiyot va moliya yo‘nalishidagi talabalarga sodda va tushunarli tarzda tushuntira olish;
- Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish;
- Ingliz tilidagi xalqaro FinTech materiallari va professional terminologiya bilan ishlay olish;
- Mas’uliyatlilik va akademik etikaga rioya qilish.
Quyidagilar ustunlik beradi:
- Bank, to‘lov tashkiloti, FinTech kompaniyasi yoki digital product jamoasida amaliy ish tajribasi;
- Blockchain, Data Analytics, Product Management yoki Cybersecurity yo‘nalishidagi professional sertifikatlar;
- FinTech bo‘yicha ilmiy tadqiqot yoki amaliy loyihalarda ishtirok etganlik;
- Raqamli moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish yoki joriy etish tajribasi;
- Ingliz tilida tegishli fanlardan dars berish tajribasi.
Biz taklif qilamiz:
- STARS International Universityda professional akademik muhitda ishlash;
- Rasmiy ishga qabul qilish;
- Zamonaviy auditoriyalar va raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish;
- Akademik va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
- Universitet loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
- To‘liq yoki qisman bandlik imkoniyati;
- Ish grafigi suhbat davomida kelishiladi;
- Ish haqi nomzodning tajribasi, malakasi va o‘quv yuklamasiga qarab suhbat davomida kelishiladi.
Tanlov jarayoni:
Suhbat davomida nomzoddan raqamli to‘lov jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirish yoki mijozning muammosiga FinTech yechimini taklif qilish bo‘yicha qisqa amaliy case bajarish so‘ralishi mumkin.