Преподаватель SAP / SAP FI-CO специалист

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY

Преподаватель SAP / SAP FI-CO специалист

Ташкент, улица Кутб, 2

Описание вакансии

STARS International University SAP va ERP tizimlari bo‘yicha real amaliy tajribaga ega SAP / SAP FI-CO mutaxassis-o‘qituvchini akademik jamoamizga taklif etadi.

Biz SAP tizimida moliyaviy va boshqaruv hisobi jarayonlarini amaliy misollar orqali talabalarga o‘rgata oladigan, ERP tizimlarini real biznes va buxgalteriya jarayonlari bilan bog‘lay oladigan mutaxassisni izlayapmiz.

Asosiy vazifalar:

  • Bakalavriat talabalari uchun SAP bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borish;
  • SAP ERP Fundamentals, SAP FI va SAP CO yo‘nalishlari bo‘yicha dars berish;
  • ERP tizimlarida moliyaviy jarayonlar, Master Data, Document Posting va Reporting bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
  • SAP S/4HANA tizimining asosiy imkoniyatlari va ishlash mantig‘ini tushuntirish;
  • SAP FI/CO jarayonlarini buxgalteriya hisobi va real biznes operatsiyalari bilan bog‘lab o‘rgatish;
  • Talabalar uchun bosqichma-bosqich laboratoriya mashg‘ulotlari, amaliy topshiriqlar va case'lar tayyorlash;
  • G/L, Accounts Payable, Accounts Receivable va Asset Accounting jarayonlarini amaliy misollar orqali tushuntirish;
  • Master Data, hujjatlarni tizimga kiritish, davrni yopish va hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
  • ERP tizimlarida ichki nazorat va biznes jarayonlari integratsiyasini tushuntirish;
  • Fan sillabusi, o‘quv materiallari, topshiriqlar va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
  • Talabalar ishlarini tekshirish, baholash va konstruktiv feedback berish;
  • Universitetning akademik va metodik faoliyatida ishtirok etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Buxgalteriya hisobi, moliya, axborot texnologiyalari, axborot tizimlari yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish;
  • SAP bilan kamida 2 yil real amaliy ish tajribasi;
  • SAP ECC yoki SAP S/4HANA tizimida ishlash tajribasi;
  • SAP FI moduli bo‘yicha G/L, AP, AR va Asset Accounting jarayonlarini yaxshi bilish;
  • SAP CO, jumladan Cost Center va profitability asoslari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish afzal;
  • Buxgalteriya va moliyaviy jarayonlarning ERP tizimidagi integratsiyasini tushunish;
  • Kompyuterda bosqichma-bosqich amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qila olish;
  • Murakkab SAP va ERP jarayonlarini talabalarga sodda va tushunarli tarzda tushuntira olish;
  • Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish;
  • Ingliz tilidagi SAP hujjatlari va tizim interfeysi bilan ishlay olish;
  • Mas’uliyatlilik va akademik etikaga rioya qilish.

Quyidagilar ustunlik beradi:

  • 3 yil va undan ortiq SAP amaliy tajribasi;
  • SAP bo‘yicha o‘qitish yoki professional training olib borish tajribasi;
  • SAP FI/CO Consultant sifatida ish tajribasi;
  • SAP bo‘yicha xalqaro professional sertifikatga ega bo‘lish;
  • SAP implementation yoki support loyihalarida ishtirok etganlik;
  • 1C, Oracle ERP yoki boshqa ERP tizimlari bilan ishlash tajribasi.

Biz taklif qilamiz:

  • STARS International Universityda professional akademik muhitda ishlash;
  • Rasmiy ishga qabul qilish;
  • Zamonaviy auditoriyalar va raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish;
  • Akademik va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
  • Universitet loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
  • To‘liq yoki qisman bandlik imkoniyati;
  • Ish grafigi suhbat davomida kelishiladi;
  • Ish haqi nomzodning tajribasi, malakasi va o‘quv yuklamasiga qarab suhbat davomida kelishiladi.

Tanlov jarayoni:

Suhbat davomida nomzoddan SAP FI jarayonini tizimda yoki sxema orqali ko‘rsatish hamda G/L posting, AP/AR yoki period-end jarayonlaridan biri bo‘yicha qisqa amaliy case bajarish so‘ralishi mumkin.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

IT Teacher

Union Call

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

IT TA`LIM BERISH MARKAZI USTUDY

IT-kids teacher

IT TA`LIM BERISH MARKAZI USTUDY

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию