STARS International University soliq va audit yo‘nalishida nazariy bilim va amaliy tajribaga ega o‘qituvchini akademik jamoamizga taklif etadi.
Biz O‘zbekiston soliq tizimi, audit va moliyaviy nazorat yo‘nalishlarini nazariya bilan birga real amaliy misollar va case'lar asosida talabalarga o‘rgata oladigan mutaxassisni izlayapmiz.
Asosiy vazifalar:
- Bakalavriat talabalari uchun ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar olib borish;
- Soliqlar va soliqqa tortish, audit asoslari, audit va assurance, biznes soliqlari, ichki nazorat va risk fanlaridan dars berish;
- O‘zbekiston soliq tizimi va audit tamoyillarini amaliy misollar asosida tushuntirish;
- Soliq hisob-kitoblari va deklaratsiyalar bilan ishlash mantig‘ini o‘rgatish;
- Auditni rejalashtirish, risklarni baholash, audit dalillari va ichki nazorat bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
- Audit case'lari, xatolarni aniqlash va risk assessment bo‘yicha topshiriqlar tayyorlash;
- Fan sillabusi, o‘quv materiallari, topshiriqlar va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
- Soliq va audit sohasidagi qonunchilik o‘zgarishlarini o‘quv materiallariga muntazam kiritib borish;
- Talabalar ishlarini tekshirish, baholash va konstruktiv feedback berish;
- Universitetning akademik va metodik faoliyatida ishtirok etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Soliqlar va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, moliya yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistr darajasi;
- Kamida 2 yil o‘qituvchilik tajribasi yoki soliq/audit sohasida kamida 3 yil amaliy ish tajribasi;
- O‘zbekiston soliq tizimi va audit bo‘yicha amaldagi me’yoriy bazani amaliy darajada bilish;
- Audit jarayoni, risklarni baholash, ichki nazorat va audit dalillari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni tahlil qila olish;
- Amaliy case va nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish ko‘nikmasi;
- Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish;
- Audit va taxation terminologiyasini ingliz tilida tushuna olish;
- Mas’uliyatlilik, aniqlik va akademik etikaga rioya qilish.
Quyidagilar ustunlik beradi:
- PhD darajasi yoki PhD izlanuvchisi bo‘lish;
- ACCA AA/ATX, DipIFR, CIA yoki boshqa professional/auditorlik sertifikatlariga ega bo‘lish;
- Audit kompaniyasi, soliq maslahati, ichki audit yoki soliq tizimida amaliy ish tajribasi;
- IFRS/ISA bo‘yicha qo‘shimcha bilim va amaliy tajriba;
- Ingliz tilida tegishli fanlardan dars berish tajribasi.
Biz taklif qilamiz:
- STARS International Universityda professional akademik muhitda ishlash;
- Rasmiy ishga qabul qilish;
- Zamonaviy auditoriyalar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish;
- Akademik va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
- Universitet loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
- To‘liq yoki qisman bandlik imkoniyati;
- Ish grafigi suhbat davomida kelishiladi;
- Ish haqi nomzodning tajribasi, malakasi va o‘quv yuklamasiga qarab suhbat davomida kelishiladi.
Tanlov jarayoni:
Suhbat davomida nomzodga soliq hisob-kitobi bo‘yicha qisqa amaliy topshiriq yoki audit riski va ichki nazorat bo‘yicha mini-case taklif qilinishi mumkin.