Преподаватель Финансовых Дисциплин

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY

Преподаватель Финансовых Дисциплин

Ташкент, улица Кутб, 2

Описание вакансии

STARS International University moliya yo‘nalishi bo‘yicha bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan moliya fanlari o‘qituvchisini akademik jamoamizga taklif etadi.

Biz nazariy bilimlarni real biznes, bank, investitsiya va korporativ moliya amaliyoti bilan bog‘lab, talabalarga zamonaviy va amaliy yondashuv asosida ta’lim bera oladigan mutaxassisni izlayapmiz.

Asosiy vazifalar:

  • Bakalavriat talabalari uchun ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish;
  • Moliya asoslari, moliyaviy menejment, korporativ moliya, bank va moliya, investitsiyalar va risklarni boshqarish kabi fanlardan dars berish;
  • Moliyaviy tahlil va moliyaviy modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
  • Fan sillabusi, haftalik o‘quv rejasi va o‘quv materiallarini ishlab chiqish hamda muntazam yangilab borish;
  • Talabalar uchun amaliy topshiriqlar, case study, mustaqil ishlar va baholash mezonlarini tayyorlash;
  • MS Excel yordamida moliyaviy hisob-kitoblar, tahlil va modellashtirishni amaliy tarzda o‘rgatish;
  • Talabalarning loyiha, kurs va mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar ishlarini tekshirish, baholash va konstruktiv feedback berish;
  • LMS va zamonaviy raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish;
  • Universitetning metodik, akademik va ilmiy faoliyatida ishtirok etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Moliya, moliya va moliyaviy texnologiyalar, bank ishi, iqtisodiyot yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistr darajasi;
  • Universitet yoki professional ta’lim muassasasida kamida 2 yillik o‘qituvchilik tajribasi yoki moliya sohasida kamida 3 yillik amaliy ish tajribasi;
  • Moliya, bank ishi, korporativ moliya, investitsiyalar va moliyaviy menejment bo‘yicha mustahkam nazariy va amaliy bilim;
  • Moliyaviy hisobotlarni o‘qish va tahlil qilish ko‘nikmasi;
  • Pul oqimlari, kapital qiymati, investitsion qarorlar va moliyaviy ko‘rsatkichlarni tushunish;
  • MS Excel dasturini yaxshi bilish: formulalar, moliyaviy funksiyalar, Pivot va grafik tahlil vositalari bilan ishlash;
  • Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish;
  • Murakkab mavzularni talabalarga sodda, tushunarli va tizimli tarzda tushuntira olish;
  • Mas’uliyatlilik, akademik etika va kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari.

Quyidagilar ustunlik beradi:

  • PhD/DSc darajasi yoki PhD izlanuvchisi bo‘lish;
  • ACCA, CFA, CIMA yoki boshqa xalqaro professional sertifikatlarga ega bo‘lish;
  • Bank, investitsiya, audit, treasury, korporativ moliya yoki moliyaviy tahlil sohasida amaliy tajriba;
  • Ingliz tilida moliya fanlaridan dars berish tajribasi;
  • Ilmiy maqolalar, konferensiyalar, tadqiqotlar yoki amaliy loyihalarda ishtirok etganlik.

Biz taklif qilamiz:

  • STARS International Universityda professional va zamonaviy akademik muhitda ishlash;
  • Rasmiy ishga qabul qilish;
  • Zamonaviy auditoriyalar va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyati;
  • Akademik, metodik va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
  • Universitetning akademik va xalqaro loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
  • To‘liq yoki qisman bandlik imkoniyati;
  • Ish grafigi suhbat davomida kelishiladi;
  • Ish haqi nomzodning malakasi, tajribasi, akademik darajasi va o‘quv yuklamasiga qarab suhbat davomida kelishiladi.

Tanlov jarayoni:

Suhbat bosqichida nomzoddan 10–15 daqiqalik qisqa demo dars o‘tkazish va moliyaviy hisob-kitob yoki Excel bo‘yicha kichik amaliy topshiriq bajarish so‘ralishi mumkin.

STARS International University jamoasiga qo‘shiling va kelajak moliya mutaxassislarini tayyorlashda biz bilan birga ishtirok eting!

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

AZIMUT GRAND HOTEL TASHKENT
  • Ташкент

  • Не указана

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

IT TA`LIM BERISH MARKAZI USTUDY
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

SALES UP TECHNOLOGIES
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Veolia Energy Tashkent
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Founders Group

IELTS 8.0 & ESL Teacher

Founders Group

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию