Ташкент
Talablar:
Oliy ma'lumot (iqtisodiyot, bank ishi, moliya);
MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida lozim darajada ishlay olishi;
Bank tizimida (kamida 6 yillik) ish stajiga ega bo‘lishi;
Funksional yo'nalishga oid tarmoq yoki malakaviy sohada kamida 3 yillik ish tajribasi;
O’zbek va rus tillarini bilishi;
Ingliz tilini bilishi ustunlikka ega.
Vazifalar:
Departament direktori va o‘rinbosarlarining topshiriq hamda ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishiga shaxsan javob berish;
Kredit, Tranzaksion va departamentning boshqa mahsulotlarini taqdim etuvchi bankning bo‘linmalari bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, mahsulotlarni sotish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida ko‘maklashish va qo‘llab quvvatlash;
Mijozlar bank tariflarini o‘zgartirish bo‘yicha murojaat qilganda, korxonaning hisob raqamidagi aylanmasi, kun oxiridagi hisob raqam qoldig‘i va boshqa tahlillar asosida masalani yakuniy qaror qabul qilish uchun Bank mahsulotlarini joriy etish va boshqarish qo‘mitasiga kiritish;
Kredit qo‘mitasi vakolatiga kiruvchi kreditlar bo‘yicha kredit mahsuloti talablariga javob bermagan loyihalar yuzasidan bank Boshqaruvi raisining tegishli o‘rinbosariga asoslantirilgan bildirishnoma kiritish;
Mijoz taqdim etgan loyihalarni bank krediti hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlari va kreditlash shartlarini aniqlash, shuningdek mijozlarning bank xizmatlari bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha bank tarmoqlari va tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda ish olib borish;
O‘z yo‘nalishi bo‘yicha murakkab va ustuvor masalalar yuzasidan tahliliy xulosalar, takliflar va hujjat loyihalarini tayyorlash;
Yetakchi, kichik xodimlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, ularning ish sifatini kuzatib borish;
O‘z vakolati doirasida oylik, choraklik va yillik ish rejalarini tuzishda ishtirok etish hamda ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Bank axborot tizimlari va hisobotlaridagi ma’lumotlarning to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida kiritilishini hamda yangilanishini ta’minlash;
O‘z yo‘nalishi bo‘yicha bankning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy tarmoqlari (BXO/BXM) bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
Biznes jarayonlarni takomillashtirish, optimallashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Bajarilgan ishlar to‘g‘risida bevosita rahbariga belgilangan tartibda va muddatlarda hisobot taqdim etish.
Ish sharoiti:
To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
Ish joyi bankning markaziy idorasida;
Ish haqi + ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofot (KPI).
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
Не указана
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
Не указана
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
Не указана
СП ООО Premier Electrotech
Ташкент
до 18000000 UZS
Ташкент
до 18000000 UZS
BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI
Ташкент
от 15000000 UZS
YATT TURSUNBOYEV ORIFJON TURG‘UN O‘G‘LI
Ташкент
до 20000000 UZS