Vazifalar:
- Qishloq xo‘jaligi subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklari)ga hukumat tomonidan ajratiladigan resurs mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish va hukumat tomonidan ajratiladigan subsidiya mablag‘larini sarflanishini nazorat qilish choralarini ko‘rish;
- Hududlarda tarmoq rahbariyati, hududiy va filial biznes menejerlar va universal servis menejerlari bilan faol aloqa oʻrnatish;
- Ustuvor va istiqbolli agrar sohadagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
- Qishloq xo‘jaligi subyektlariga agrar sohaga imtiyozli kredit hisobidan moliyalashtirish choralarini ko‘rish, shuningdek mijozlarning bank xizmatlari bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha bank tarmoqlari va tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda ishlarni olib borish;
- Agrar sohadagi hukumat qarorlari va qonun hujjatlari bilan muntazam tanishib, ish jarayonida tadbiq qilib borish hamda hududiy boshqarma va bo‘linmalarni xabardor qilib borish;
- Sohadagi yangiliklar bo‘yicha hududiy bo‘linma mas’ul xodimlariga masofaviy texnik o‘quvlar tashkil etish orqali tanishtirib borish;
- Agroplatforma va boshqa raqamli tizimlar orqali joriy etilgan yangi agrar bank xizmat turlaridan foydalanishda bevosita ishtirok etadigan bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan ish olib borish;
- Marketing departamenti va Call-markaz bilan hamkorlik o‘rnatish.
- Agrar sohaga oid davlat dasturlari, prezident farmonlari va hukumat qarorlari (subsidiyalash, imtiyozli kreditlash mexanizmlari) asosida amalga oshirilayotgan ishlarni bank faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Mavsumiy ekin-tikin va hosil yig‘ish davrlarini hisobga olgan holda kreditlash grafiklarini moslashtirish bo‘yicha tegishli bo‘linmalar bilan muvofiqlashtirilgan holda ishlash;
- Yangi joriy etilgan bank xizmat turlarini foydalanishda bevosita ishtirok etadigan - Bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan ish olib borish;
jalb qilingan qishloq xo‘jaligi subyektlarining biznes loyihalarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan kredit va nokredit xizmatlarida (depozit, kross-sotuvlar va h.k) amaliy yordam ko‘rsatish
- Fikrlarni yozma va og'zaki ravishda erkin va to'g'ri ifoda etish;
- Turli manbalardagi ma'lumotlarni birlashtira olish;
- Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.
Talablar:
- Oliy ma'lumot (iqtisodiyot, bank ishi, agrar, moliya.);
- MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida lozim darajada ishlay olishi;
- Bank tizimida (kamida 6 yillik) ish stajiga ega bo‘lishi;
- Funksional yo'nalishga oid tarmoq yoki malakaviy sohada kamida 3 yillik ish tajribasi;
- O’zbek va rus tillarini bilishi;
- Ingliz tilini bilishi ustunlikka ega.