Bo‘lim boshlig‘i / Chakana biznes boshqarmasi

АКБ Asia Alliance Bank

Bo‘lim boshlig‘i / Chakana biznes boshqarmasi

Ташкент, улица Махтумкули, 2А

Описание вакансии

Vazifalar:
  • bo‘lim ishiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, bo‘linma xodimlarining majburiyatlar doirasini belgilash;
  • xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha operatsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirilishi va nazorat qilinishini ta’minlash;

  • xalqaro pul o‘tkazmalari (shu jumladan, tezkor pul o‘tkazmalari tizimlari va SWIFT) va valyuta ayirboshlash/konvertatsiya operatsiyalari bo‘yicha mijozlarga uzluksiz va tezkor xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va nazorat qilish;

  • tranzaksiyalarni nazorat va monitoring qilish: xatoliklarni aniqlash maqsadida bankning hududiy ofislari/bank xizmatlari markazlaridagi (MBXO/BXM) tranzaksiya amaliyotini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
  • tizimlararo o‘zaro hamkorlikni boshqarish: xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari (masalan, Western Union va b.) va SWIFT tizimi bilan texnik o‘zaro hamkorlikni nazorat qilish, shuningdek, ta’minot to‘lovi summasi doirasida belgilangan operatsiya limitlariga rioya etilishini ta’minlash;
  • o‘zaro hisob-kitoblar: pul o‘tkazmalari tizimlari operatorlari va bank-korrespondentlar – hamkorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • hisob-kitob va solishtirish: bank bo’linmalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni kunlik ravishda solishtirish va nazorat qilish, shuningdek, komissiya daromadini o’z vaqtida to‘lab berilishini nazorat qilish;
  • bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida, bank tomonidan pul o‘tkazmalari va ayirboshlash-konversiya amaliyotlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning yagona tizimini ta’minlash hamda uni takomillashtirish;

  • AML/CFT, KYC va sanksion nazorat talablariga rioya etilishini ta’minlash;

  • xalqaro pul o‘tkazmalari va valyuta ayirboshlash operatsiyalari hajmi, daromadliligi va mijozlar faolligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarida belgilangan talablarni, xususan, mijozlarni lozim darajada tekshirish, shubhali va gumonli operatsiyalar mezonlari hamda mijozga nisbatan yuqori tavakkalchilik darajasi beriladigan holatlarni bilishi shart.

Talablar:
  • Oliy ma’lumot. Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, buxgalteriya hisobi va audit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar yoki tegishli yo‘nalishlardan birida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Bank-moliya sohasida kamida 5 yil, shundan xalqaro pul o‘tkazmalari, valyuta ayirboshlash, chakana bank xizmatlari yoki tegishli yo‘nalishlarda kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • O‘zbek va rus tillarini erkin bilishi. Xalqaro pul o‘tkazmalari va xorijiy hamkorlar bilan ish olib borish uchun ingliz tilini bilishi afzallik beradi.

Kasbiy ko‘nikmalar:
  • xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari va ular orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarni yaxshi bilish;

  • valyuta ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha bilim;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalari va pul o‘tkazmalariga oid normativ-huquqiy hujjatlarini bilish;

  • AML/CFT, KYC va sanksion komplayens talablarini bilish;

  • bankning ichki me’yoriy hujjatlari va operatsion jarayonlar bilan ishlash ko‘nikmasi;

  • xalqaro to‘lovlar va pul o‘tkazmalari bo‘yicha risklarni aniqlash, baholash va boshqarish;

  • MS Office, xususan Excel, Word, PowerPoint dasturlaridan yaxshi foydalanish;

  • bankning avtomatlashtirilgan tizimlari va tegishli axborot tizimlari bilan ishlash tajribasi.

Примечание/Izoh:

Если в течение 7 рабочих дней с момента подачи резюме наши специалисты не свяжутся с вами, это означает, что для следующего этапа отбора по данной вакансии был выбран другой кандидат. Благодарим вас за интерес к нашей вакансии.
Rezyumeingiz joylashtirilgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishmasa, ushbu vakansiya bo‘yicha tanlovning keyingi bosqichiga boshqa nomzod tanlangan deb hisoblashingizni so‘raymiz. Bizning vakansiyamizga bo‘lgan qiziqishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

InFinBank
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
Orient Finans Bank
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
InFinBank
  • Ташкент

  • от 7000000 UZS

Рекомендуем
  • Ташкент

  • от 7000000 UZS

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Moliya-Iqtisodiyot boshqarmasi boshlig'i

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

  • Ташкент

  • до 35000000 UZS

Toshkent BXO Chakana biznes bo‘limi servis menejer (bosh mutaxassis)

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • до 35000000 UZS

ZIN-NUR AKADEMIYASI

Sotuv bo'lim rahbari

ZIN-NUR AKADEMIYASI

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Moliya bozorlari boshqarmasi boshlig’i

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Xalq Banki
  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Ecolit
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

International Agriculture University

Ichki ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig'i

International Agriculture University

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

B2B менеджер OZBE biznes

YATT NODIRBEKOV KAMRONBEK NODIRBEK O‘G‘LI

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию