Online marketing bo'limi boshlig'i

KOKAND TYRES

Online marketing bo'limi boshlig'i

Ташкент, Янгихаётский район, Ташкент Индекс

Описание вакансии

Kompaniya haqida qisqacha
ASKO - O’zbekistonda avtoshina, akkumulyator va disk sotuvi bo’yicha birinchi va eng yirik riteyl. Kompaniya 2021-yilda tashkil topgan va qisqa vaqt ichida bozorda yetakchi o’ringa chiqdi. ASKO shina, disk va akkumulyatorlarni tarmoqli do’konlar orqali sotadi. O’zbekiston bo’ylab 85 ta savdo do’konimiz bor va jamoamizda 450 dan ortiq xodim ishlaydi. Bosh ofisimiz Sergeli tumanida, Index binosida joylashgan
metro stansiya: Turon

Qadriyatlarimiz

  • Halollik va ochiqlik
  • Mijoz ehtiyojlarini qondirish
  • Sifat kafolati
  • Sodiq mijozlar shakllantirish
  • Vaqtdan samarali foydalanish

ASKO shunchaki savdo tarmog’i emas. Biz mijozni markazga qo’yamiz, uzoq muddatli munosabatlar quramiz va avtoshina hamda akkumulyatorlar sohasida xalqaro yetakchiga aylanishni maqsad qilganmiz.

Qanday vazifalar yuklatiladi?

  1. 14 ta hududiy Instagram va Telegram sahifalari hamda ASKO Uzbekistan asosiy sahifasining organik o’sishini ta’minlash: obunachilar, qamrov, faollik va organik trafikni muntazam oshirish.
  2. Ijtimoiy tarmoqlarda mijozlar bilan kommunikatsiyani boshqarish: barcha izohlarga o’z vaqtida, original va professional javob berish, mijoz mamnunligini birinchi o’ringa qo’yish va birorta ham izohni javobsiz qoldirmaslik.
  3. Blogerlarga tayanmasdan original kontent tayyorlash orqali tabiiy lidlarni jalb qilish va ko’paytirish. Qayta xarid qilgan mijozlar bilan video kontent tayyorlab, ular orqali yangi mijozlarni jalb qilish.
  4. Target, Google Ads va Telegram Ads reklama kampaniyalarini boshqarish: lidlar sifati, CPL, byudjet va reklama samaradorligini tahlil qilish va optimallashtirish.
  5. Inflyuenserlar bilan ishlash: tanlash, muzokara olib borish, hamkorlikni tashkil etish va natijalarni tahlil qilish.
  6. SMM jamoasini boshqarish: vazifalarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish va jamoa samaradorligini ta’minlash.
  7. Marketing byudjetini shakllantirish, Plan/Fakt tahlilini yuritish, byudjet ijrosi bo’yicha hisobot va himoyalarni tayyorlash.
  8. Haftalik, oylik va yillik SMM/marketing metrikalari bo’yicha hisobotlar tayyorlash va natijalar asosida takliflar ishlab chiqish.
  9. Offline marketing bo’limi bilan hamkorlik qilish, hududlarda yangi filiallar ochilishi uchun reklama kampaniyalarini tashkil etish.
  10. Rahbariyat bergan boshqa og’zaki va yozma topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish.

Talablarimiz:

  1. Digital marketing sohasida kamida 2 yillik tajriba
  2. Jamoa boshqaruvida tajriba (vazifa taqsimlash, nazorat, natija uchun javobgarlik) - 3 yillik, umumiy marketing soxasida esa: 3-6 yil tajriba bo'lishi kerak
  3. Riteyl sohasidagi tajriba afzallik hisoblanadi
  4. AI vositalaridan oqilona foydalana olish afzallik hisoblanadi: shunchaki chatda savol-javob qilish emas, balki kontent tayyorlash, reklama tahlili, hisobot va jarayonlarni avtomatlashtirishda real ishlatish

Kerakli kompetensiya (ko'nikmalar)

  1. Meta Ads (Instagram, Facebook), Google Ads va Telegram Ads’da kampaniyalarni mustaqil sozlash, ishga tushirish va optimallashtirish
  2. Asosiy marketing metrikalarini tushunish va ular bilan ishlash: CPL, CTR, CPC, ROI, konversiya
  3. Google Analytics va reklama kabinetlari ma’lumotlari asosida qaror qabul qilish
  4. SMM strategiyasi va kontent-reja tuzish, organik o’sishni ta’minlay olish
  5. Kontent strategiyasi va matn yozish, tahrirlash ko’nikmasi
  6. Marketing byudjetini rejalashtirish va Plan/Fakt bo’yicha nazorat qilish
  7. Inflyuenserlar bilan muzokara olib borish va hamkorlik natijasini o’lchash
  8. Raqamlar bilan ishlash, tahliliy fikrlash va natijani rahbariyat oldida himoya qila olish
  9. Yuqori mas’uliyat va natijaga yo’naltirilganlik

Biz nimani taklif qilamiz?

  • Moddiy yordam tizimi
  • Korporativ SIM karta va noutbuk
  • Bepul va mazali tushlik
  • Real maqsadlarga qo’yilgan KPI va qo’shimcha daromad imkoniyati
  • Kompaniya rahbariyati board’iga kirish imkoniyati: strategik sessiyalarda qatnashish va CMO ko’magida strategiyani o’zingiz tuzish
  • Ikki hayitda va ta’sischi tashabbusi bilan oziq-ovqat to’plami
  • Har dushanba AI bo’yicha amaliy dars: o’z qo’lingiz bilan shaxsiy AI agent yaratish imkoniyati
  • Mehnat ta’tili
  • Rasmiy ishga joylashtirish
  • Xizmat safari xarajatlari to’lab beriladi
  • G’oyangiz bo’lsa, uni ochiq maydonda loyiha sifatida sinab ko’rish imkoniyati

Vakansiya sizda ishlash istagini uyg’otgan bo’lsa, quyidagi test topshirig’ini bajaring. Suhbat 2 bosqichda o’tadi:

  1. Madina Biran bilan va CMO
  2. Ta’sischi bilan

O'z online marketing rahbarimizni topishga umid qilamiz!

Навыки
  • Аналитическое мышление
  • Продвижение бренда
  • Internet Marketing
  • Digital Marketing
  • SMM
  • Маркетинговые коммуникации
  • Маркетинговые исследования
  • Социальные сети
  • Google Analytics
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

СамАвто
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
Ozon
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
BAIK Technologies
  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Рекомендуем
FlexSoft
  • Ташкент

  • от 25000000 UZS

Капиталбанк
  • Ташкент

  • от 25000000 UZS

Runking Motor Co. Ltd.
  • Ташкент

  • от 25000000 UZS

OSON (АO BRIO GROUP)

Growth Marketing Manager

OSON (АO BRIO GROUP)

  • Ташкент

  • от 25000000 UZS

AZIMUTH (ООО TECHNOLOGIES OF REAL TIME)

Руководитель отдела маркетинга

AZIMUTH (ООО TECHNOLOGIES OF REAL TIME)

  • Ташкент

  • от 25000000 UZS

INTER NATION ENGLISH SCHOOL (OOO INTER NATION)

Видеограф в отдел Маркетинга

INTER NATION ENGLISH SCHOOL (OOO INTER NATION)

  • Ташкент

  • до 25000000 UZS

«UZUM TECHNOLOGIES»

Senior Brand Manager Uzum Market

«UZUM TECHNOLOGIES»

  • Ташкент

  • от 3000 USD

  • Ташкент

  • от 3000 USD

  • Ташкент

  • от 3000 USD

Smart Solutions Personnel

Digital Marketing Manager

Smart Solutions Personnel

  • Ташкент

  • от 30000000 UZS

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

BYD CENTRAL ASIA OOO

Digital Marketing Specialist

BYD CENTRAL ASIA OOO

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Капиталбанк
  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию