Lavozim: ROP (Sotuv bo'limi boshlig'i)
📍 Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani
💰 1-oy 3 000 000 so'm (fiks) KPI + (sotuvdan 5% gacha)
keyingi oylardan natijaga qarab 5 000 000 so'm (fiks) + KPI (sotuvdan 5% gacha)
— real daromad 12–17 mln so'm
🕐 Dushanba–shanba, 09:00–18:00
Kompaniya haqida
Biz B2B yo'nalishda dasturiy ta'minot (ERP tizimlari) sotish bilan shug'ullanamiz. Jamoamiz faol rivojlanmoqda va bizga sotuv bo'limini boshqaradigan, natijaga yo'naltirilgan, jamoani g'alabaga yetaklay oladigan ROP kerak.
Asosiy vazifalar
- Sotuv jamoasini boshqarish va rivojlantirish
- Lidlar bilan ishlash, har bir lid holatini doimiy monitoring qilish
- Mijozlarning sotuv bo'yicha so'rovlariga operativ javob berish
- KPI ko'rsatkichlari asosida jamoa va shaxsiy natijalarni boshqarish
Talablar
- Kamida 1 yillik ROP (sotuv bo'limi boshlig'i) lavozimidagi tajriba
- Jamoani boshqara olish va kuchli muloqot ko'nikmalari
- B2B sohasida ish tajribasi
- o'ziga ishongan, energiyali, jamoaning ishlash tempini belgilay oladigan shaxs
Biz taklif qilamiz
- Raqobatbardosh maosh: 3–5 mln so'm fiks + sotuvdan 5% gacha KPI (o'rtacha daromad 12–17+ mln so'm)
- Tadbirkorlar doirasiga kirish imkoniyati
- Ustoz Ibrohim G'ulomov bilan tanishish va uning treninglarida bepul ishtirok etish imkoniyati
- Rivojlanayotgan, tez o'sayotgan jamoada ishlash va professional rivojlanish