Iqtisodchi (moliyaviy tahlil va byudjetlashtirish)

СП ООО Premier Electrotech

Iqtisodchi (moliyaviy tahlil va byudjetlashtirish)

Ташкент, Ферганское шоссе, 505/2

Описание вакансии

Mas'uliyatlar:
  • Yillik, choraklik va oylik iqtisodiy rejalar hamda byudjet loyihalarini ishlab chiqish; ishlab chiqarish, tijorat, taʼminot va boshqa bo'linmalardan dastlabki maʼlumotlarni yig'ish va tekshirish
  • Bo'linmalar byudjetlarini Jamiyatning yagona byudjetida konsolidatsiya qilish; ishlab chiqarish dasturi, narxlar yoki valyuta kurslari o'zgarganda reja ko'rsatkichlarini qayta hisoblash
  • Mahsulot turlari va modellari bo'yicha rejaviy, meʼyoriy va haqiqiy tannarxni hisoblash; xarajatlar tarkibini kalkulyatsiya moddalari va bo'linmalar kesimida tahlil qilish
  • Tannarxdagi muhim og'ishlarni aniqlash va tahlil qilish, hisob-kitoblarni buxgalteriya maʼlumotlari bilan solishtirish
  • Narx hisob-kitoblarini tayyorlash, mahsulot modellarining marjinalligi va rentabelligini tahlil qilish, past rentabelli va zarar keltiruvchi pozitsiyalarni aniqlash
  • Byudjet ijrosini nazorat qilish, haqiqiy va rejaviy ko'rsatkichlarni solishtirish, muhim og'ishlar sabablarini masʼul bo'linmalar bilan birgalikda tahlil qilish
  • Davriy iqtisodiy hisobotlar va rahbariyat uchun tahliliy materiallarni tayyorlash
  • Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va mehnat resurslari sarfi meʼyorlarini iqtisodiy asoslash, ulardan foydalanish samaradorligini nazorat qilish
  • Investitsiya va tashkiliy loyihalarning iqtisodiy samaradorligini hisoblash: uskunalarni modernizatsiya qilish, yangi texnologiya joriy etish, ishlab chiqarishdagi o'zgarishlar
  • Xarajatlarni kamaytirish va rentabellikni oshirish bo'yicha takliflar tayyorlash
Talablar:
  • Oliy maʼlumot: iqtisodiyot; moliya va kredit; buxgalteriya hisobi, tahlil va audit; korxona iqtisodiyoti; menejment yoki mos iqtisodiy yo'nalish
  • Iqtisodchi, reja-iqtisod bo'limi mutaxassisi yoki shunga o'xshash lavozimda kamida 2 yillik ish tajribasi
  • Majburiy: byudjetlashtirish va iqtisodiy rejalashtirish bo'yicha amaliy tajriba
  • Majburiy: mahsulot tannarxini hisoblash va tahlil qilish tajribasi
  • Majburiy: rejaviy va haqiqiy ko'rsatkichlarni qiyosiy tahlil qilish, iqtisodiy va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash tajribasi
  • Tannarx kalkulyatsiyasi usullari, narx shakllantirish va rentabellik tahlili asoslarini bilish
  • Iqtisodiy tahlil uchun zarur darajada buxgalteriya hisobi asoslarini bilish
  • Investitsiya loyihalarini iqtisodiy baholash, o'zini qoplash muddati va iqtisodiy samarani hisoblash ko'nikmasi
  • Microsoft Office dasturlaridan ishonchli foydalanish; Excel'ni yuqori darajada bilish — formulalar, mantiqiy va qidiruv funksiyalari, yig'ma jadvallar (Pivot Table)
  • Korporativ hisob va ERP tizimlarida ishlash ko'nikmasi
  • Tillar: o'zbek tili — erkin yoki ish darajasida; rus va ingliz tillari — afzallik
Shartlar:
  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish
  • Barqaror va o'z vaqtida ish haqi
  • Ish haqi tajriba va malakaga qarab suhbat natijasida belgilanadi
  • Tushlik kompaniya hisobidan
  • Zamonaviy ofis va yirik ishlab chiqarish kompaniyasida ishlash imkoniyati
  • Kasbiy va karyera o'sishi imkoniyatlari
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Yuridik va jismoniy shaxslar kredit amaliyotlari boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Iqtisodchi-tahlilchi (bosh mutaxassis - Toshkent viloyati, Bo'ka tumani)

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

Рекомендуем
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Iqtisodchi-tahlilchi (yetakchi yoki bosh mutaxassis)

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

Рекомендуем
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Iqtisodchi-tahlilchi (bosh mutaxassis - Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumani)

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

UzAuto Motors
  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

"LES AILES" va "CHOPAR PIZZA" ga Kassirlikka ishga taklif qilamiz

LES-AILES (“PERESPECTIVE UNION” МЧЖ)

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

Sotuv menejeri (online montaj va kolor kurslari)

YATT MATYOKUBOV JAYXUN O‘TKIR O‘G‘LI

  • Ташкент

  • от 8200000 UZS

  • Ташкент

  • до 13000000 UZS

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Rahimov School
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию