Ташкент, Чиланзарский район, массив Чиланзар, 3-й квартал, 14
Ray Consulting (MCHJ "Ray of Dreams Consulting") — O'zbekiston yoshlariga xorijda o'qishga kirishda yordam beradigan kompaniya. Hozir Dubay (BAA) va Malayziya yo'nalishi uchun jamoamizni kengaytiryapmiz. Talabani boshidan oxirigacha olib boramiz: universitet tanlash, hujjatlarni tayyorlash, o'qishga topshirish va viza.
Jamoamizga sotuv operatori kerak. Sizga Dubay yoki Malayziyada o'qishni istagan odamlar qo'ng'iroq qiladi. Siz ularga shu yo'lni boshlashga yordam berasiz.
Nima bilan shug'ullanasiz:
• Target reklamadan kelgan issiq lidlarga qo'ng'iroq qilish — mijoz izlash shart emas
• Kiruvchi qo'ng'iroqlar va murojaatlarni qabul qilish
• Avval ishlanmay qolgan lidlar bilan qayta bog'lanish
• Mijozga Dubay va Malayziyadagi o'qish imkoniyatlari, tariflar, kerakli hujjatlar va jarayon haqida tushuntirish
• Mijozning ehtiyojini aniqlash va e'tirozlariga javob berish
• Viloyatdagi mijozlar bilan sotuvni telefonda o'zingiz yakunlash — mijoz Toshkentga bir marta, hamma hujjatlari bilan keladi
• Toshkentdagi mijozlarni konsultant yoki rahbar bilan uchrashuvga yozish
• Barcha qo'ng'iroq va bitimlarni Bitrix24 da yuritish
Talablar:
• O'zbek tilida ravon va savodli gapirish — majburiy
• Telefon orqali sotuv yoki call-markazda kamida 1 yil tajriba
• E'tirozlar bilan ishlay olish va sotuvni oxiriga yetkazish
• Kompyuterda bemalol ishlash
• Bitrix24 bilan ishlagan bo'lsangiz — afzallik
Daromad:
• Fiks oylik: 3 000 000 – 5 000 000 so'm (tajribaga qarab, suhbatda kelishiladi)
• + KPI: har bir sotuvdan bonus. Oyiga qancha ko'p sotsangiz, bonus shuncha ko'p bo'ladi
• Rejani bajargan operator oyligiga teng yoki undan ham ko'p bonus oladi. Yuqori chegara yo'q.
Ish sharoitlari:
• Grafik: 6/1, 09:00 dan 18:00 gacha
• Ofis: Toshkent, Muqimiy ko'chasi 14A, Novza metrosi yonida
• Rasmiy mehnat shartnomasi
• Dubay va Malayziyada ta'lim, hujjatlar va viza jarayonini o'zimiz o'rgatamiz
• Reklamadan har kuni yangi issiq lidlar keladi
• Sinov muddati: 3–7 kun
Qanday murojaat qilish kerak:
Rezyumeingizni shu yerda yuboring. Xat qismida qisqacha yozing:
• qayerda va qancha vaqt sotuvda ishlagansiz;
• qaysi CRM bilan ishlagansiz.
Mos kelgan nomzodlar bilan tez orada bog'lanamiz.
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
до 22000000 UZS
LES-AILES (“PERESPECTIVE UNION” МЧЖ)
Ташкент
до 6000000 UZS