Metall fasad va ART-panellar bo‘yicha loyihalash mutaxassisi/Специалист по проектированию металличе

Metall fasad va ART-panellar bo‘yicha loyihalash mutaxassisi/Специалист по проектированию металличе

Ташкент, Яккасарайский район, 4-й проезд Башлык, 13

Описание вакансии

Metall fasad va ART-panellar bo‘yicha loyihalash mutaxassisi

Arxitektor / Dizayner / Konstruktor

AGRAF STEEL GROUP metall fasadlar, ART-panellar, dekorativ metall elementlar va zamonaviy arxitektura yechimlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Jamoamizga arxitektura, dizayn va konstruktiv yechimlarni birlashtira oladigan kompleks loyihalash mutaxassisi izlayapmiz.

Biz uchun nomzodning faqat chiroyli dizayn yaratishi emas, balki uni real ishlab chiqarish va montajga moslashtira olishi ham muhim.

Asosiy vazifalar

  • Metall fasadlar, ART-panellar va dekorativ metall elementlar uchun arxitektura va dizayn yechimlarini ishlab chiqish;

  • Fasad panelining shakli, naqshi, o‘lchami, proporsiyasi, rangi va joylashuvini bino arxitekturasi bilan uyg‘unlashtirish;

  • Buyurtmachining g‘oyasi yoki texnik topshirig‘i asosida vizual va texnik yechimlar taklif qilish;

  • Fasad tizimlari uchun karkas, mahkamlash elementlari va konstruktiv tugunlarni ishlab chiqish;

  • Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnik chizmalarni tayyorlash;

  • Loyihani ishlab chiqarish texnologiyasiga moslashtirish;

  • Montaj jarayonini hisobga olgan holda texnik yechimlarni ishlab chiqish;

  • Ishlab chiqarish, montaj va savdo bo‘limlari bilan loyiha bo‘yicha ishlash;

  • Yangi dizaynlar, panel shakllari va dekorativ yechimlar ishlab chiqish.

Nomzodga talablar

  • Arxitektura, dizayn, konstruktorlik yoki shu yo‘nalishlarga yaqin tajribaga ega bo‘lish;

  • Metall fasad panellari, dekorativ metall elementlar yoki fasad tizimlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;

  • Zamonaviy arxitektura va fasad dizaynini tushunish;

  • Kompozitsiya, shakl, proporsiya va rang bilan ishlay olish;

  • Karkas va konstruktiv yechimlarni tushunish;

  • Texnik chizmalarni o‘qish va tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

  • Loyihani nafaqat vizual, balki texnik tomondan ham o‘ylay olish;

  • Detallarga e’tiborli va natijaga mas’uliyatli bo‘lish;

  • Mustaqil fikrlash va yangi g‘oyalar taklif qila olish.

AutoCAD, 3ds Max, SketchUp, Revit, ArchiCAD, CorelDRAW yoki boshqa loyihalash dasturlarida ishlash tajribasi ustunlik beradi.

Biz uchun eng muhimi

Loyiha shunchaki chiroyli ko‘rinishi yetarli emas.

U:

  • ishlab chiqarish imkoniyatlariga mos;

  • konstruktiv jihatdan to‘g‘ri;

  • montaj qilish uchun qulay;

  • estetik va zamonaviy;

  • real obyektga tatbiq qilish mumkin bo‘lgan yechim bo‘lishi kerak.

Biz tayyor yechimlarni shunchaki takrorlaydigan emas, yangi g‘oya yaratib, uni chizmadan tayyor mahsulotgacha olib bora oladigan mutaxassisni izlayapmiz.

Ish haqi

Oylik maosh nomzodning tajribasi, bilim darajasi, portfolio va bajaradigan vazifalariga qarab suhbat yakunida kelishiladi.

Murojaat qilish

Vakansiyaga javob yuborishda quyidagilarni ilova qilishingizni so‘raymiz:

  • Rezyume;

  • Portfolio;

  • Avval bajargan arxitektura, fasad, dizayn yoki konstruktorlik loyihalaridan namunalar.

Agar loyiha jamoaviy bajarilgan bo‘lsa, aynan qaysi qismini siz bajarganingizni qisqacha ko‘rsating.

AGRAF STEEL GROUP — biz metallni san’atga aylantiramiz.

Kalit so‘zlar: Arxitektor, Dizayner, Konstruktor, Fasad dizayneri, Fasad konstruktori, Arxitektura, Metall fasad, ART-panel, AutoCAD, 3ds Max, SketchUp, Revit, ArchiCAD.

Ish sharoitlari

  • Zamonaviy va qulay ofisda ishlash;

  • Tushlik kompaniya hisobidan;

  • Ish grafigi: 6/1;

  • Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha;

  • Zarurat bo‘lganda O‘zbekiston bo‘ylab 1–2 kunlik xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;

  • Xizmat safari bilan bog‘liq yo‘l, yashash va boshqa xizmat safari xarajatlari kompaniya tomonidan qoplanadi.

    Условия работы

  • Работа в современном и комфортном офисе;

  • Бесплатный обед за счёт компании;

  • График работы: 6/1;

  • Рабочее время: с 09:00 до 18:00;

  • Готовность к краткосрочным командировкам по Узбекистану на 1–2 дня при необходимости;

  • Проезд, проживание и другие командировочные расходы оплачиваются компанией.

    Условия работы

  • Работа в современном и комфортном офисе;

  • Бесплатный обед за счёт компании;

  • График работы: 6/1;

  • Рабочее время: с 09:00 до 18:00;

  • Готовность к краткосрочным командировкам по Узбекистану на 1–2 дня при необходимости;

  • Проезд, проживание и другие командировочные расходы оплачиваются компанией.

Навыки
  • Ориентация на клиента
  • Дизайн
  • 3D Max
  • AutoCAD
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

KVARTIRA
  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

Рекомендуем
AZIYA FORMWORK
  • Ташкент

  • от 10000000 UZS

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

Менеджер по продажам

ИП ООО SMART FACADE

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

NURA-HIGH-TECHNOLOGIES
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

IZOMARKET GROUP
  • Ташкент

  • до 37000000 UZS

International Monitoring Group

Инженер по оборудованию

International Monitoring Group

  • Ташкент

  • до 2000 USD

BESTON (DFGB GROUP LLC)
  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

BA Holding
  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

Minim | Brand Design
  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию