Qishloq hududlarini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassis

АКБ Агробанк

Qishloq hududlarini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassis

Ташкент, улица Батыра Закирова, 2А

Описание вакансии

"Agrobank" ATB Xitoy loyihalar ofisiga qishloq hududlarini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida tegishli amaliy tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassis taklif etiladi.

Asosiy vazifalar:

  • Qishloq hududlarida infratuzilma loyihalarini konsepsiyani ishlab chiqish bosqichidan boshlab, ularni to‘liq amalga oshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni muvofiqlashtirish;
  • Xitoyning ilg‘or tajribasi va amaliyotlari asosida qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
  • Hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha master-rejalar va uzoq muddatli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Respublikaning turli hududlariga xizmat safarlarini amalga oshirish, joyiga chiqqan holda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmasi va rivojlanish salohiyatini kompleks o‘rganish;
  • Mahalla bankirlari uchun Xitoy tajribasiga asoslangan o‘quv va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
  • Xitoy Xalq Respublikasining davlat tashkilotlari, tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari va boshqa tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va muvofiqlashtirish;
  • Xalqaro muzokaralar, rasmiy tashriflar, ikki tomonlama uchrashuvlar va boshqa xalqaro tadbirlarni tayyorlash hamda ularni tashkiliy jihatdan kuzatib borish;
  • Loyihalar bo‘yicha belgilangan muddatlar, yo‘l xaritalari, kelishuvlar va majburiyatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini monitoring qilish;
  • Amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha muntazam tahliliy, oraliq va yakuniy hisobotlar, taqdimotlar hamda ma’lumotnomalarni tayyorlash;
  • Loyihalarning borishi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha rahbariyatga tegishli taklif va tavsiyalar kiritish.

Talablar:

  • Moliya, bank ishi, iqtisodiyot yoki turdosh yo‘nalishlar (davlat boshqaruvi, investitsiyalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar)da oliy ma’lumotli bo'lish;
  • Qishloq hududlarini rivojlantirish, hududiy investitsiya loyihalarini baholash va tasdiqlash jarayonlarida amaliy tajribaga ega bo‘lish;
  • Makroiqtisodiy rejalashtirish, davlat dasturlari va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalari doirasida qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
  • Qishloq hududlarida infratuzilmani rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash loyihalarida kamida 2–3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • Rasmiy xalqaro yozishmalarni yuritish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  • Taqdimotlar, konsepsiyalar, tahliliy materiallar, ma’lumotnomalar va rasmiy hujjatlarni mustaqil ravishda tayyorlay olish;
  • Xalqaro va respublika miqyosidagi xizmat safarlarida ishtirok etishga tayyor bo‘lish;
  • Muzokaralar olib borish, manfaatdor tomonlar bilan samarali muloqot qilish va ko‘p tomonlama loyihalarni muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Afzallik beradi:

  • China Institute for Reform and Development (CIRD) yoki National Development and Reform Commission (NDRC) kabi Xitoyning tegishli davlat yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • Ingliz tilini yaxshi darajada bilish.

Ish sharoitlari:

  • Bankning asosiy yo‘nalishlaridan biriga mas’ul bo‘lish imkoniyati;
  • Strategiya, mahsulot va biznes natijalariga real ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
  • O‘zgarishlarni amalga oshirish uchun katta kross-funksional jamoa va resurslar;
  • Bank top-menejmenti bilan bevosita hamkorlik;
  • Zamonaviy mahsulot muhiti va yangi tajribalar uchun keng imkoniyatlar;
  • Individual tartibda muhokama qilinadigan raqobatbardosh daromad;
  • Ichki xizmat safarlari va turar joy bilan ta’minlash;
  • Besh kunlik ish haftasi (09:00–18:00);
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishga qabul qilish;
  • Munosib ish haqi.
Навыки
  • Деловое общение
  • Обучение и развитие
  • Управленческие навыки
  • Работа с большим объемом информации
  • Аналитическое мышление
  • Мотивация
  • Обучение персонала
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Orient Finans Bank
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем

Muammoli kreditlar bilan ishlash bo'limi - mutaxassis

BIZNESNI RIVOJLANTIRISH MIKROMOLIYA TASHKILOTI

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
  • Ташкент

  • Не указана

TURK IMPLANT (тм NucleOSS)

Sotuv bo‘yicha hududiy menejer

TURK IMPLANT (тм NucleOSS)

  • Ташкент

  • Не указана

KINGDOM ACADEMY
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Rahimov School
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

  • Ташкент

  • до 13000000 UZS

Qadam Education
  • Ташкент

  • до 22000000 UZS

ЧАКБ «ДАВР БАНК» 
  • Ташкент

  • до 22000000 UZS

Kimyo,Biologiya va Ingliz tili oʻqituvchilar

НОУ YAKKABOG` ILM ZIYO 2022

  • Ташкент

  • до 35000000 UZS

Xalq Banki
  • Ташкент

  • до 35000000 UZS

"LES AILES" va "CHOPAR PIZZA" ga Kassirlikka ishga taklif qilamiz

LES-AILES (“PERESPECTIVE UNION” МЧЖ)

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию