Ichki audit departamenti direktori

АКБ Агробанк

Ichki audit departamenti direktori

Ташкент, улица Батыра Закирова, 2А

Описание вакансии

«Agrobank» – O‘zbekistonning yetakchi davlat banklaridan biri bo‘lib, respublikaning barcha hududlarida keng filiallar tarmog‘iga ega. Biz agrar sohani va iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirishda ishonchli sherikmiz. Bugun jamoamizga ichki audit yo‘nalishini yangi bosqichga olib chiqadigan strategik fikrlovchi professional rahbarni izlayapmiz.

Vazifalari:

  • Bankning ichki audit va ichki nazorat tizimini strategik boshqarish;
  • Riskka yo‘naltirilgan yondashuv asosida yillik audit rejalarini shakllantirish;
  • IIA xalqaro kasbiy standartlari asosida audit tekshiruvlarini tashkil etish;
  • Bank Kengashi va Audit qo‘mitasiga mustaqil hisobot taqdim etish;
  • Audit tavsiyalari ijrosini monitoring qilish va nazorat madaniyatini rivojlantirish;
  • Audit jamoasini rivojlantirish va mentorlik qilish.
Talablar:
  • Malaka talablari:

  • Oliy ma’lumot (bank ishi, moliya, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlari);
  • Bank yoki moliya tizimida kamida 5 yil, shu jumladan nomzod tavsiya etilayotgan tashkiliy tuzilmada kamida 3 yil rahbarlik lavozimlarida ish tajribasi;
  • Audit, moliya yoki ichki nazorat yo‘nalishida kamida 3 yil rahbarlik lavozimidagi ish tajribasi;
  • CIA, CFA,CPA, CIPA, ACCA (Moliyaviy hisob - FR), DipIFR, CRM yoki FRM sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank rahbar xodimlariga qo‘yadigan malaka talablariga muvofiqlik.
  • Bilishi lozim bo‘lgan sohalar:

  • Bank sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;
  • Ichki auditning xalqaro kasbiy standartlari (avvalgi IPPF), IIA Global Internal Audit Standards, COSO ichki nazorat modeli hamda korporativ boshqaruv tamoyillari;
  • Bank va departament faoliyatiga oid yo‘riqnomalar , nizom, tartiblar hamda ichki qoidalar;
  • Pul yuvishga qarshi kurashish (AML/CFT) sohasidagi talablar va komplayens-nazorat asoslari;
  • Axborot tizimlari va IT-audit asoslari, axborot xavfsizligi talablari;
  • Bank tizimi taraqqiyoti istiqbollari va faoliyatining strategik yo‘nalishlari;
  • Ish yuritish tizimining asosiy qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari;
  • Mehnat va texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi himoya hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari.
  • Kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalar:

  • Ichki audit va ichki nazorat tizimlarini baholash hamda takomillashtirish;
  • Riskka yo‘naltirilgan (risk-based) yondashuv asosida yillik audit rejasini shakllantirish;
  • Moliyaviy, operatsion, kredit va komplayens risklarini aniqlash, tahlil qilish va baholash;
  • Audit tekshiruvlarini rejalashtirish, o‘tkazish, audit hisobotlarini tayyorlash va tavsiyalar ijrosini monitoring qilish;
  • Ma’lumotlar tahlili vositalaridan foydalanish va audit jarayonlarini raqamlashtirish ko‘nikmasi;
  • Mustaqillik, xolislik va kasbiy etika tamoyillariga qat’iy rioya qilish;
  • Analitik fikrlash, jamoani boshqarish, mentorlik va samarali kommunikatsiya ko‘nikmasi.
Biz taklif etamiz:
  • Raqobatbardosh ish haqi va natijaga asoslangan mukofot tizimi;
  • Kasbiy rivojlanish hamda xorijda malaka oshirish imkoniyati;
  • Ijtimoiy kafolatlar;
  • Barqaror davlat bankida karyeraviy o‘sish;
  • Kuchli, professional va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.
Навыки
  • Аналитическое мышление
  • Анализ финансовых показателей
  • Внутренний контроль
  • Финансовая отчетность
  • Бизнес-анализ
  • Аудит
  • Обучение персонала
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Капиталбанк
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
EY Uzbekistan

Audit Senior

EY Uzbekistan

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
BDO AUDIT
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
  • Ташкент

  • Не указана

EY Uzbekistan

Audit Manager

EY Uzbekistan

  • Ташкент

  • Не указана

АКБ Агробанк

Risk-menejment departamenti direktori

АКБ Агробанк

  • Ташкент

  • Не указана

Ipotekabank OTP Group
  • Ташкент

  • Не указана

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

InFinBank
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

Бухгалтерия хисоби ва аудит фани ўқитувчиси

НОУ TOSHKENT MENEDJMENT VA IQTISODIYOT INSTITUTI

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

ООО «KPMG AUDIT»

Audit Director

ООО «KPMG AUDIT»

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

KPMG
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

АКБ Туронбанк
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
  • Ташкент

  • до 40000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию