«Agrobank» – O‘zbekistonning yetakchi davlat banklaridan biri bo‘lib, respublikaning barcha hududlarida keng filiallar tarmog‘iga ega. Biz agrar sohani va iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirishda ishonchli sherikmiz. Bugun jamoamizga bankning tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqadigan strategik fikrlovchi professional rahbarni izlayapmiz.
Vazifalari:
- Bankning risk menejmenti tizimini (framework) strategik boshqarish, joriy etish va takomillashtirish;
- Risk ishtahasi (risk appetite) bayonoti hamda risk limitlarini belgilash va doimiy monitoring qilish;
- Kredit, bozor, likvidlik, operatsion va komplayens risklarini aniqlash, tahlil qilish va baholash;
- Risklarni miqdoriy baholash modellari va stress-testlarni ishlab chiqish hamda qo‘llash;
- Kuzatuv kengashi va Tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasiga mustaqil risk hisobotlarini taqdim etish;
- Audit va nazorat madaniyatini mustahkamlash hamda risk jamoasini rivojlantirish va mentorlik qilish;
- Risk ishtahasi yoki tavakkalchilik chegaralarini buzishga olib keladigan qarorlarga nisbatan veto huquqini qo‘llash va Kuzatuv kengashini zudlik bilan xabardor qilish;
- Kuzatuv kengashi va Tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasiga har chorakda, Bank boshqaruviga har oyda risk hisobotlarini tayyorlash hamda tavsiyalar ijrosini monitoring qilish.
Talablar: Biz nima taklif etamiz: - Raqobatbardosh ish haqi va natijaga asoslangan mukofot tizimi;
- Kasbiy rivojlanish hamda xorijda malaka oshirish imkoniyati;
- Ijtimoiy kafolatlar;
- Barqaror davlat bankida karyeraviy o‘sish.