Bankning Moliyaviy direktori (CFO)

Bankning Moliyaviy direktori (CFO)

Ташкент

Описание вакансии

Vazifalar:

Moliyaviy rejalashtirish:

- Bankning moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- Daromadlilik tahlili va investitsiya takliflarini oʻtkazish;

- Pul mablagʻlarini yoʻnaltirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash.

• Pul mablagʻlarini boshqarish:

- Mavjud resurslarni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish;

• Moliyaviy hisobot tayyorlash:

- Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar uchun aniq va shaffof moliyaviy hisobotlarni taʻminlash;

- Hisobotlarning xalqaro MHXS standartlariga muvofiqligi;

- Moliyaviy intizomni yaxshilash boʻyicha rahbariyatga tavsiyalar berish.

Risklarni boshqarish:

- Potentsial moliyaviy risklarni aniqlash va baholash;

- Risklarni kamaytirish uchun sugʻurta va xedjlash mexanizmlarini yaratish;

- Aktivlarni diversifikatsiya qilish va optimal taqsimlash usullarini qoʻllash.

• Soliq optimallashtirish:

- Soliq yukini kamaytirish boʻyicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;

- Soliq organlari va auditorlik firmalari bilan maslahatlashish;

- Bankni soliq nizolari va tekshiruvlarda vakillik qilish.

• Bankning moliyaviy tizimlarini yaratish va takomillashtirish:

- Moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish;

- Samarali moliyaviy boshqaruv vositalarini joriy etish.

• Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik:

- Yuridik xodimlar, soliqchilar, auditorlar va maslahatchilar bilan hamkorlik;

- Rahbariyat va xodimlarga doimiy ravishda dolzarb maʻlumotlar taqdim etish;

- Muhim boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol ishtirok etish.

Talablar:

• Taʻlim va malaka:

- Taʻlim darajasi: moliya, iqtisod yoki buxgalteriya sohasida oliy maʻlumot.

- Kasbiy malaka: CIMA, ACCA, CFA, CIA xalqaro sertifikatlardan biriga ega boʻlish.

- CFA sertifikati ega boʻlishi ustunlik beradi.

• Ish tajribasi:

- Yirik moliya-kredit tashkilotlarida kamida 5 (besh) yillik ish tajribasi, shu jumlaladan kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi; (bankning asosiy yoʻnalishlarida amaliy tajribaga ega boʻlishi ustunlik beradi);

- MHXS boʻyicha hisobotlarni tayyorlash va auditorlik hamda regulyator organlar bilan hamkorlik qilish tajribasi.

• Bilim va koʻnikmalar:

- MHXS (shu jumladan, MHXS 9 - moliyaviy instrumentlar, kredit yoʻqotishlari boʻyicha zaxira) va bank hisobotlarini puxta bilish;

- moliyaviy tahlil va modellashtirish: hisobotlardagi maʻlumotlarni tez tahlil qilish, moliyaviy modellar qurish va asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha xulosalar chiqarish qobiliyati;

- soliq va buxgalteriya boʻyicha tajriba: qonunchilikni bilish va soliq bazasini optimallashtirish usullarini qoʻllash;

- rejalashtirish va byudjetlashtirish: prognoz qilish, resurslarni taqsimlash, bank biznes-rejasini joriy etish va uning ijrosini nazorat qilish;

- moliyaviy risklarni boshqarish: eng zaif joylarni aniqlash, stress-test oʻtkazish va moliyaviy vositalarni diversifikatsiya qilish;

- muzokara koʻnikmalari: hamkorlar, investorlar, auditorlar va davlat organlari bilan muloqot tajribasi;

- investitsiya boshqaruvi: loyihalarni baholash, NPV, IRR, EBITDA kabi investitsiya koʻrsatkichlarini bilish;

- IT tizimlari bilan ishlash: BI hamda boshqa hisob va tahlilni avtomatlashtirish uchun maxsus dasturlardan foydalanish.

• Qoʻshimcha kompetensiyalar: buxgalteriya hisobi va audit tamoyillarini chuqur tushunish, soliq qonunchiligini bilish, moliyaviy tahlil va modellashtirish koʻnikmalari.

• Boshqaruv koʻnikmalari: maʻlumotlarni tahlil qilish, hujjatlar tayyorlash, nostandart vaziyatlarda ishlay olish, samarali jamoalar shakllantirish, ichki reglament va tartib-qoidalarni ishlab chiqish qobiliyati.

• Tillarni bilish: oʻzbek, rus va ingliz (afzallik beriladi) tillarini bilish.

• Shaxsiy sifatlar: strategik va tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyati, qatʻiyatlilik, ishni oxiriga yetkazish, vaqtni tashkil qilish, aniqlik, intizom, oʻrganuvchanlik.

Ish sharoitlari:

  • Raqobatbardosh ish haqi
  • Malaka oshirish kurslari va treninglarda qatnashish imkoniyati
  • Shinam va qulay joylashgan ofis
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

O`ZBEKENERGOTA`MIR
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

BONES GROUP
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

BOSTON OIL TRADE (Uztobacco)

Финансовый директор (CFO)

BOSTON OIL TRADE (Uztobacco)

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Aloqabank
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Antal International Tashkent Xususiy Bandlik Agentligi

Финансовый директор (FMCG / Retail)

Antal International Tashkent Xususiy Bandlik Agentligi

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Ichki audit departamenti direktori

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Person Hunters, ООО

Финансовый директор

Person Hunters, ООО

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

FULL STACK SOLUTION
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

PROBUILD GENERATION
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию