Ташкент, Юнусабадский район, массив Минор, 123
1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar.
1.1. Shtat ma’lumotlari:
a) lavozim nomi – Moliya departamenti direktori (bundan keyin matnda direktor);
b) bo‘lim – Moliya va iqtisod departamenti;
c) kimga bo‘ysunadi – Bosh boshqarma bosh direktori;
d) kimlar unga bo‘ysunadi – Bosh boshqarma hamda brend ostida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalardagi barcha moliya xodimlari;
e) lavozim maqsadi – kompaniya hamda brend nomi ostida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarda moliyaviy va iqtisodiy jarayonlarni samarali tashkil etish, moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda resurslardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
1.2. Ish faoliyati:
a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra;
b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra;
c) ish kiyimi – klassik.
1.3. Umumiy vazifalar:
a) departament faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
b) moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
c) budjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish jarayonlarini tashkil etish;
d) kompaniyalarda moliyaviy jarayonlarni nazorat qilish;
e) daromad va xarajatlar harakatini monitoring qilish;
f) moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va tahlil qilish;
g) moliyaviy samaradorlikni oshirish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqish;
h) banklar, soliq organlari va investorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
i) moliyaviy xavflarni aniqlash va boshqarish;
j) rahbariyatga moliyaviy natijalar bo‘yicha hisobotlar taqdim etish.
1.4. Talab etilgan ma’lumot:
a) oliy ma’lumot (moliya, iqtisod yoki buxgalteriya yo‘nalishi bo‘yicha);
b) magistr darajasi (afzal);
c) ACCA, CIMA yoki boshqa professional moliyaviy sertifikatlar (afzal).
1.5. Ish tajribasi:
a) moliya yoki buxgalteriya sohasida kamida 3–5 yillik boshqaruvchilik tajribasi;
b) bir nechta filial yoki tarmoq bilan ishlash tajribasi (afzal).
1.6. Bilimlar:
a) moliyaviy boshqaruv asoslari;
b) buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligi;
c) budjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish;
d) moliyaviy tahlil va prognozlash;
e) moliyaviy hisobot standartlari;
f) ichki nazorat va audit tamoyillari;
d) o‘zbek tilini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (ingliz tilini ham bilishi afzal);
e) MS Office (Word, Excel), Google Drive va boshqa raqamli vositalarni bilish.
1.7. Ko‘nikmalar:
a) moliyaviy tahlil va hisobot tayyorlash;
b) KPI asosida ishlash;
c) hisobot tayyorlash;
d) kuchli strategik fikrlash va tizimli boshqaruv ko‘nikmalari;
e) jamoa bilan ishlash, liderlik va kommunikatsiya qobiliyati.
1.8. Shaxsiy sifatlar:
a) liderlik qobiliyati;
b) mas’uliyatlilik;
c) tizimli fikrlash;
d) adolatli baholash;
e) natijaga yo‘naltirilganlik;
f) stressga chidamlilik.
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
Не указана
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
Не указана
Евразийский банк развития
Ташкент
Не указана
SHINHAN BANK VAKOLATXONASI
Ташкент
до 17000000 UZS
ИП ООО Xalq Retail
Ташкент
до 17000000 UZS
Акционерная Компания Узбектелеком
Ташкент
до 20000000 UZS
Ташкент
до 15000000 UZS