Ichki audit xizmati faoliyatini tashkillashtirish, boshqarish va muvofiqlashtirish
Bankning barcha operatsiyalari va tizimlarida ichki nazorat samaradorligini baholash va takomillashtirish
Risklar tahlili asosida yillik audit rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish
Audit jarayonlarini xalqaro ichki audit standartlari (IIA) va qonunchilik meʼyorlarga muvofiq tashkil etish
Audit xulosalari va tavsiyalarini topshirish, ularning ijrosini kuzatish va hisobot berish
Bank rahbariyati va kuzatuv kengashiga mustaqil va xolis axborot taqdim etish.
Bankning ichki hujjatlari, ichki nazorat va xatarlarini boshqarish tizimini muntazam tahlil qilish
Moliyaviy, buxgalteriya, kredit, axborot texnologiyalari va boshqa sohalardagi operatsiyalarni tekshirish
Auditorlar jamoasini boshqarish, ularning malakasini oshirish va ish samaradorligini taʼminlash
Ichki audit xizmati vakolatlari doirasida tashqi auditorlar, Markaziy bank va boshqa davlat organlari bilan doimiy ravishda hamkorlik qilinishini taʼminlash
Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan boshqa vazifalar
Talablar:
Oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlishi(Moliya/iqtisod)
Bank/moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan, nomzod tavsiya etilayotgan tashkiliy tuzilmada kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
tashqi auditor sifatida kamida 1 yillik ish tajribasiga yoki CIA, CFA, CIPA, ACCA, CPA yoki DipIFR, CRM yoki FRM xalqaro sertifikatlariga ega boʻlishi
Bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi, shundan jumladan nomzod tavsiya etilayotgan tashkiliy tuzilmada kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi
Bank sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi
Buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlar hamda auditning xalqaro standartlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi
Axborot texnologiyalaridan erkin foydalana olishi
Oʻzbek tilida erkin yozma va ogʻzaki muloqot qila olishi
Rus tilida yozma va ogʻzaki muloqot qila olishi (V2)
Ingliz tilida oʻqib tushuna olishi (B1) afzallik beradi
Ish sharoitlari:
Raqobatbardosh ish haqi
Malaka oshirish kurslari va treninglarda qatnashish imkoniyati