Ташкент, улица Буюк Ипак Йули, 230
50+ kishilik sotuv jamoasini boshqara oladigan va sotuv tizimini qurishga qodir kuchli rahbarni izlayapmiz!
Kompaniyamiz tabiiy giyohlar va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanadi
Keyingi bosqichda kompaniyamiz tabiiy mahsulotlar asosida yangi mahsulot liniyalarini ishlab chiqish, sotuv geografiyasini kengaytirish hamda mahsulotlarni turli savdo nuqtalari va dorixonalarga olib chiqishni rejalashtirmoqda.
Shu sababli bizga mavjud sotuv jamoasini samarali boshqara oladigan, sotuv tizimini kuchaytiradigan va biznesning keyingi o‘sish bosqichini boshqara oladigan РОП kerak.
— 50+ kishilik sotuv jamoasini boshqarish;
— 3 va undan ortiq sotuv yo‘nalishlari/nuqtalari ishini muvofiqlashtirish;
— Sotuv bo‘limining kunlik, haftalik va oylik rejasini shakllantirish;
— Sotuv hajmi, konversiya, o‘rtacha chek, qayta sotuv va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish;
— Sotuv bo‘limining KPI tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
— Call-operatorlar faoliyati uchun aniq standartlar, skriptlar va sotuv algoritmlarini shakllantirish;
— Sotuv voronkasini tahlil qilish va har bir bosqichdagi yo‘qotishlarni kamaytirish;
— Operatorlarning ish sifatini nazorat qilish va muntazam coaching o'tkazish;
— Team Lead va sotuv rahbarlarini boshqarish va rivojlantirish;
— Sotuv xodimlarini motivatsiya qilish tizimini ishlab chiqish;
— Yangi xodimlarni sotuv tizimiga tez va samarali moslashtirish;
— Sotuv bo‘limining samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi yondashuv va texnologiyalarni joriy qilish;
— Reklama va marketing bo‘limi bilan hamkorlikda leadlar sifati va sotuv konversiyasini oshirish;
— Marketingdan kelayotgan leadlarning sotuvga aylanishini nazorat qilish;
— CRM va sotuv analitikasi bilan ishlash;
— Sotuv natijalari bo‘yicha muntazam hisobot va tahlillar tayyorlash;
— Sotuv bo‘limining o‘sish strategiyasini ishlab chiqish;
— Bir vaqtning o‘zida bir nechta sotuv yo‘nalishi va loyihalarini boshqarish;
— Yangi savdo kanallari va sotuv yo‘nalishlarini ishga tushirish;
— Rahbariyatga sotuv bo‘yicha strategik takliflar berish.
— Sotuv bo‘limi rahbari / РОП lavozimida 3 yildan ortiq tajribaga ega;
— Kamida 50+ kishilik sotuv jamoasini boshqargan;
— Call-markaz yoki telefon orqali sotuv tizimini boshqarish tajribasiga ega;
— Sotuv tizimini noldan qurish va optimallashtirish tajribasiga ega;
— KPI, CRM, sotuv voronkasi va analitika bilan professional ishlay oladi;
— Sotuv rejasini shakllantirish va bajarilishini ta’minlay oladi;
— Team Lead va o‘rta bo‘g‘in rahbarlarini boshqara oladi;
— Xodimlarni o‘qitish, coaching va motivatsiya qilish ko‘nikmasiga ega;
— Bir vaqtning o‘zida bir nechta loyiha yoki sotuv yo‘nalishini boshqara olgan;
— Raqamlar va biznes ko‘rsatkichlari bilan ishlashni yaxshi biladi;
— Muammoni aniqlashdan tashqari, uning yechimini tizim sifatida qura oladi;
— Kuchli liderlik va kommunikatsiya qobiliyatiga ega;
— Yuqori mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik;
— 100+ kishilik call-markazni boshqarish tajribasi;
— B2C yoki mass-market sotuv tajribasi;
— Tibbiyot, farmatsevtika, wellness, FMCG yoki tabiiy mahsulotlar sohasida tajriba;
— Bir nechta filial yoki geografik nuqtalardagi jamoalarni boshqargan;
— Sotuv bo‘limini noldan shakllantirgan;
— CRM tizimini joriy qilgan yoki takomillashtirgan;
— Sotuv skriptlari va standartlarini ishlab chiqqan;
— Kuchli KPI va motivatsiya tizimini yaratgan;
— Sotuvni sezilarli darajada oshirgan real кейслар mavjud.
— Tez rivojlanayotgan kompaniyada yuqori darajadagi boshqaruv pozitsiyasi;
— 100 ga yaqin xodimdan iborat sotuv jamoasiga rahbarlik qilish imkoniyati;
— Sotuv tizimini rivojlantirish va o‘z strategiyalaringizni joriy qilish uchun keng vakolat;
— Yangi sotuv kanallari va loyihalarini ishga tushirishda bevosita ishtirok;
— Professional va moliyaviy o‘sish imkoniyati;
— Natijaga asoslangan bonus va motivatsiya tizimi;
— Ish haqi: suhbat natijasiga ko‘ra;
— Ish joyi: Toshkent shahri.
Bizga faqat xodimlarga topshiriq beradigan rahbar emas, balki sotuv tizimini qura oladigan, raqamlar bilan ishlaydigan, kuchli jamoani boshqara oladigan va biznes natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsata oladigan ROP kerak.
BIZNESNI RIVOJLANTIRISH MIKROMOLIYA TASHKILOTI
Ташкент
до 12000000 UZS
GREAT PATHFINDER
Ташкент
до 12000000 UZS
YATT MIRZOXIDOV KAMRONMIRZO MIRZABOTIR O‘G‘LI
Ташкент
до 12000000 UZS