Ташкент, Алмазарский район, обводная улица Нурафшон, 50
Lavozim: TOP Sotuv menejeri (high-ticket) — Asror Iskandarov jamoasi
Oylik: 8 000 000 dan 20 000 000 so'mgacha (fix + KPI)
Talab qilinadigan tajriba: 1-3 yil | Bandlik: to'liq, ofisda (Toshkent)
Assalomu alaykum!
❗️Diqqat! Vakansiya cheklangan o'rinlar uchun ochiq!
Biz — Asror Iskandarov jamoasi. Asror Iskandarov — O'zbekistondagi eng yirik shaxsiy brend va sotuv bo'yicha ekspertlardan biri, Instagram'da 760K dan ortiq auditoriya, "Instavibe" va boshqa loyihalar asoschisi. Uning kurslarini minglab o'quvchilar o'tgan va natija qilgan.
Hozir biz rekord zapuskka tayyorgarlik ko'ryapmiz — va bu O'zbekiston infobiznesidagi eng katta loyihalardan biri bo'ladi. Bunday loyiha uchun oddiy sotuvchi emas, balki natijaga ishlaydigan, o'sishga ochiq TOP darajadagi sotuv menejerlari kerak.
Kimni qidiryapmiz:
Natija uchun ishlaydigan — "shunchaki vaqt o'tkazish" emas, aniq raqamlarga intiladigan
Rivojlanishni istaydigan — o'z darajasini doimiy oshirishga tayyor
O'rganishga ochiq — yangi bilim, script va usullarni tez o'zlashtiradigan
To'liq bandlik (full-time) shaklida ishlay oladigan, Toshkentda yashovchi
Yoshi 20 dan 30 gacha bo'lgan (30 yoshdan yuqori nomzodlar ushbu vakansiyaga qabul qilinmaydi)
Nega vakansiya ochildi: Yangi zapuskda biz cheklari 10 million so'mdan 4000 dollargacha bo'lgan premium mahsulotlarni sotamiz. Bunday hajmni ko'tarish uchun bizga kuchli, natijaga och va katta pul ishlashni xohlaydigan TOP sotuvchilar kerak.
Biz sizga taklif qilamiz:
O'rtacha oylik daromad: 8 000 000 — 20 000 000 so'm (fix + KPI) — birinchi oydan boshlab; plandan oshganlar uchun alohida bonus tizimi
7 kunlik professional o'qitish — aynan high-ticket sotuv va shaxsiy brend produkti bo'yicha: sotuv psixologiyasi, script, amaliyot
Jamoa rahbarining shaxsiy tajribasi: 5 000 dollardan 30 000 dollargacha bo'lgan kurs va xizmatlarni sotish amaliyoti jarayonda sizga o'rgatiladi
Har kuni — biznes, mindset, sotuv va marketing bo'yicha treninglar: siz shunchaki ishlamaysiz, har kuni o'sasiz
Faqat issiq va iliq leadlar — sovuq baza yo'q: mijozlar Asror Iskandarov kontenti orqali o'zi keladi
Tayyor tizim: amoCRM, scriptlar, kunlik razborlar — siz faqat sotasiz
Portfolio: O'zbekistondagi rekord zapusklardan birida ishlagan tajriba — bu bozorda sizning qiymatingizni keskin oshiradi
Ish grafigi: 6/1, 09:00–19:00, Toshkent shahridagi qulay ofis
Yosh, natijaga qaraydigan, "noliydiganlar"siz jamoa!
Eng yaxshi natija ko'rsatganlar uchun sovg'alar, musobaqalar va keyingi loyihalarda ROP darajasigacha ko'tarilish imkoniyati
Nima qilasiz:
Kirib kelgan issiq leadlarni qayta ishlash (anketa, vebinar, konsultatsiyadan kelganlar)
Script bo'yicha ishlash va mijoz kvalifikatsiyasi
Zoom-razbor va telefon orqali premium tariflar sotuvi
amoCRM'da bitimlarni yuritish (o'rgatamiz)
Kandidatda bo'lishi kerak:
Telefon sotuvida tajriba (1 yildan) — high-ticket tajriba shart emas, o'rgatamiz
Kompyuterda ishonchli ishlash (CRM, Google Sheets — afzallik)
Energiya, o'ziga ishonch, mijozni eshita olish (script bo'yicha ishlab, lekin miyani o'chirmasdan)
O'sishga va katta daromadga ochlik
Toshkentda yashash, 09:00-19:00 full-time ishlay olish
Yoshi 20-30 oralig'ida bo'lishi
Agar oxirigacha o'qib, "bu vakansiya men uchun" degan bo'lsangiz: Otklik yuborishda xatga Asror Iskandarovning Instagram'dagi obunachilar sonini aniq yozing va nega aynan siz jamoada bo'lishingiz kerakligiga 3 ta sabab keltiring. Shundan keyin quyidagi anketani to'ldiring — menejerlarimiz 24 soat ichida siz bilan bog'lanadi
Omad — intervyuda ko'rishguncha!
GREAT PATHFINDER
Ташкент
до 22000000 UZS
YATT MIRZOXIDOV KAMRONMIRZO MIRZABOTIR O‘G‘LI
Ташкент
до 12000000 UZS