Описание вакансии
Lavozim: Sotuv menejeri (high-ticket) — Asror Iskandarov jamoasi
Oylik: 8 000 000 dan 20 000 000 so'mgacha (fix + KPI)
Talab qilinadigan tajriba: 1-3 yil | Bandlik: to'liq, ofisda (Toshkent)
Assalomu alaykum!
Diqqat! Vakansiya [15.08.2026] gacha ochiq — keyin yopiladi!
Biz — Asror Iskandarov jamoasi. Asror Iskandarov — O'zbekistondagi eng yirik shaxsiy brend va sotuv bo'yicha ekspertlardan biri, Instagram'da 760K dan ortiq auditoriya, "Instavibe" va boshqa loyihalar asoschisi. Uning kurslarini minglab o'quvchilar o'tgan va natija qilgan.
Hozir biz rekord zapuskka tayyorgarlik ko'ryapmiz — va bu O'zbekiston infobiznesidagi eng katta loyihalardan biri bo'ladi.
Nega vakansiya ochildi:
Yangi zapuskda biz cheklari 10 million so'mdan 4000 dollargacha bo'lgan premium mahsulotlarni sotamiz. Bunday hajmni ko'tarish uchun bizga kuchli, natijaga och va katta pul ishlashni xohlaydigan sotuvchilar kerak.
Biz sizga taklif qilamiz:
O'rtacha oylik daromad: 8 000 000 — 20 000 000 so'm (fix + KPI) — birinchi oydan boshlab; plandan oshganlar uchun alohida bonus tizimi
7 kunlik professional o'qitish — aynan high-ticket sotuv va shaxsiy brend produkti bo'yicha: sotuv psixologiyasi, script, amaliyot. Bunday o'qitishning bozordagi qiymati — bir necha million so'm, siz uni ish jarayonining o'zida olasiz
Jamoa rahbarining shaxsiy tajribasi: 5 000 dollardan 30 000 dollargacha bo'lgan kurs va xizmatlarni sotish amaliyoti jarayonda sizga o'rgatiladi
Har kuni — biznes, mindset, sotuv va marketing bo'yicha treninglar: siz shunchaki ishlamaysiz, har kuni o'sasiz
Faqat issiq va iliq leadlar — sovuq baza yo'q: mijozlar Asror Iskandarov kontenti orqali o'zi keladi
Tayyor tizim: amoCRM, scriptlar, kunlik razborlar — siz faqat sotasiz
Portfolio: O'zbekistondagi rekord zapusklardan birida ishlagan tajriba — bu bozorda sizning qiymatingizni keskin oshiradi
Ish grafigi: 6/1, 09:00–19:00, Toshkent shahridagi qulay ofis
Yosh, natijaga qaraydigan, "noliydiganlar"siz jamoa!
Eng yaxshi natija ko'rsatganlar uchun sovg'alar, musobaqalar va kompaniya ichida 3-4 oyda o'sish imkoniyati (kuchli sotuvchilar keyingi loyihalarda ROP bo'lib chiqadi)
Nima qilasiz:
Kirib kelgan issiq leadlarni qayta ishlash (anketa, vebinar, konsultatsiyadan kelganlar)
Script bo'yicha ishlash va mijoz kvalifikatsiyasi
Zoom-razbor va telefon orqali premium tariflar sotuvi
amoCRM'da bitimlarni yuritish (o'rgatamiz)
Kandidatda bo'lishi kerak:
Telefon sotuvida tajriba (1 yildan) — high-ticket tajriba shart emas, o'rgatamiz
Kompyuterda ishonchli ishlash (CRM, Google Sheets — afzallik)
Energiya, o'ziga ishonch, mijozni eshita olish (script bo'yicha ishlab, lekin miyani o'chirmasdan)
O'sishga va katta daromadga ochlik
09:00-19:00 full-time ishlay olish
Diqqat! Vakansiya 15.08.2026 gacha ochiq!
Omad — intervyuda ko'rishguncha!
Навыки
- call center
- Phone Calls
- Прямые продажи
- Развитие продаж
- Навыки переговоров
- Телефонные переговоры
- Активные продажи
Посмотреть контакты работодателя