Ташкент, набережная Анхора, 57А
Sotuv agenti/Tashqi savdo vakili — Robohub
Kutilayotgan maosh:
10,000,000 so’mdan - 20,000,000 gacha.
Robohub — marketplace sotuvchilari faoliyatini avtomatlashtirishga yordam beruvchi SaaS-platforma.
Biz sotuvchilarga bir nechta marketplace do‘konlarini, buyurtmalarni, mahsulotlarni, qoldiqlarni, analitikani, sharhlarni va xodimlarni yagona tizim orqali boshqarish imkonini beramiz.
Bizga tog’ri keladi:
Savdo vakili bo‘lib ishlagan
Savdo agenti bo‘lib ishlagan
Distribyutsiya sohasida tajribasi bor
Ulgurji va chakana savdo bilan ishlagan
Do‘konlar va savdo nuqtalari bilan ishlashni biladi
Yangi mijozlar va savdo nuqtalarini topa oladi
Mijozlar bazasini shakllantirgan
Savdo hajmini oshirish tajribasiga ega
Savdo rejasi va KPI ko‘rsatkichlarini bajargan
Hududiy savdoni rivojlantirgan
Distribyutorlar va dilerlar bilan ishlagan
Merchandayzing bo‘yicha tajribasi bor
Muzokara olib borish qobiliyati yaxshi
Faol, mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan
Hududni yaxshi biladi
Kunlik va oylik hisobotlarni tayyorlay oladi
Xizmat safarlariga chiqishga tayyor
ERP/POS tizimlarini ornatganlar
Sizning asosiy vazifangiz — marketplace sotuvchilarini topish, ular bilan yuzma-yuz uchrashish, biznesidagi muammolarni aniqlash, Robohub imkoniyatlarini ko‘rsatish va mijozni demo hamda real savdogacha olib borish.
O‘z hududingizdagi marketplace sotuvchilarini faol izlash.
Uzum Market, Yandex, Ozon, Wildberries va boshqa marketplace'larda sotayotgan bizneslarni aniqlash.
Instagram, Telegram guruhlarda,marketplace'larda va boshqa ochiq manbalardan potensial mijozlarni topish.
Savdo nuqtalari, do‘konlar, showroomlar, omborlar, bozorlar va boshqa bizneslarga yuzma-yuz tashriflar amalga oshirish.
Biznes egasi yoki qaror qabul qiluvchi shaxs bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish.
Sotuvchining biznes modeli, marketplace'dagi faoliyati va mavjud muammolarini o‘rganish.
Mijozning Robohub'ga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash.
Robohub mahsulotining asosiy imkoniyatlarini mijozga tushunarli tarzda taqdim etish.
Zarur hollarda Robohub demonstratsiyasini tashkil qilish yoki kampaniyani savdo menejerlari bilan birgalikda o‘tkazish.
Mijozning savollari va e’tirozlari bilan ishlash.
Potensial mijozni keyingi bosqichga olib o‘tish va savdoni yopishga yordam berish.
Qiziqish bildirgan mijozlar bilan muntazam muloqot** olib borish.**
Mijoz haqidagi ma’lumotlarni Google Sheets / Excel'da to‘liq va tartibli yuritish.
Har bir uchrashuv, aloqa va natijani o‘z vaqtida qayd etish.
Haftalik va oylik uchrashuvlar, kvalifikatsiyadan o‘tgan leadlar, demonstratsiyalar va savdolar bo‘yicha belgilangan KPI'larni bajarish.
Biz nomzoddan nimalarni kutamiz
O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish.
Savdo va muzokara olib borish qobiliyati.
Mijozga to‘g‘ri savollar bera olish.
Mijozning ehtiyojini va muammosini aniqlay olish.
Mahsulotni oddiy va tushunarli qilib tushuntira olish.
E’tirozlar bilan ishlay olish.
“Yo‘q” javobidan keyin ham ishlashda davom eta olish.
Natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.
Mustaqil ishlay olish va kunini o‘zi rejalashtira olish.
Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish.
Google Sheets / Excel bilan ishlay olish.
Smartfon va kompyuterdan erkin foydalana olish.
Quyidagilar ustunlik beradi
B2B savdo tajribasi.
Sovdo agenti tajribasi.
SaaS yoki IT mahsulotlarini sotish tajribasi.
Marketplace sotuvchilari bilan ishlash tajribasi.
Uzum Market, Yandex, Ozon yoki Wildberries haqida tushunchaga ega bo‘lish.
E-commerce biznes modelini tushunish.
ERP, POS yoki ombor tizimlari haqida boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lish.
Biznes egalari bilan muzokara olib borish tajribasi.
Sovuq tashriflar va sovuq qo‘ng‘iroqlar tajribasi.
Mahsulot demonstratsiyasi va taqdimotlarini o‘tkazish tajribasi.
Agar sizda aynan SaaS yoki marketplace sohasida tajriba bo‘lmasa ham, lekin kuchli savdo qobiliyatingiz, odamlar bilan tez aloqa o‘rnatish ko‘nikmangiz va natijaga yo‘naltirilgan yondashuvingiz bo‘lsa — nomzodingizni ko‘rib chiqishga tayyormiz.
Biz nimalarni taklif qilamiz
O‘zbekiston bo‘ylab faol ishlash imkoniyati.
Robohub mahsuloti bo‘yicha to‘liq o‘qitish.
Marketplace bozori va sotuvchilar bilan ishlash bo‘yicha trening.
Robohub bo‘yicha tayyor materiallar va savdo skriptlari.
Savdo menejerlari va rahbar tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlash.
Zamonaviy SaaS mahsuloti bilan ishlash imkoniyati.
Fiks maosh + natijaga bog‘langan bonuslar.???
Sotuv natijasiga qarab qo‘shimcha daromad olish imkoniyati.
Savdo va e-commerce sohasida professional o‘sish imkoniyati.
14 kunlik sinov muddati
Biz uchun asosiy natija — sifatli uchrashuv va real savdo.
Asosiy ko‘rsatkichlar:
Topilgan potensial bizneslar;
ICP'ga mos bizneslar;
Biznes egalari / qaror qabul qiluvchi shaxslar bilan uchrashuvlar;
Kvalifikatsiyadan o‘tgan leadlar;
O‘tkazilgan Robohub demonstratsiyalari;
Demo'dan keyingi follow-up;
Savdo takliflari;
Yangi Robohub mijozlari;
Yopilgan savdolar/sotuvlar;
Sotuvdan tushgan daromad;
Google Sheets / Excel'da ma’lumotlarning to‘g‘ri yuritilishi.
Qanday murojaat qilish kerak?
Arizangizga qisqa tarzda quyidagi 3 savolga javob yozing:
1. Agar siz Toshkentdagi marketplace sotuvchilarini topishingiz kerak bo‘lsa, ularni qayerdan va qanday izlagan bo‘lardingiz?
2. Do‘kon egasi “Menga bu kerak emas” desa, suhbatni qanday davom ettirgan bo‘lardingiz?
3. Nima uchun Sotuv agenti/Tashqi savdo vakili orqali SaaS mahsulot sotish sizga qiziq?
Dastlabki suhbatdan keyin 1 soatdan oshmaydigan kichik amaliy topshiriq beriladi.
КОККОЗОВА
Ташкент
до 15000000 UZS
YATT XAMRAYEV SHERZOD IZATULLA O`G`LI
Ташкент
до 10000000 UZS