Описание вакансии
Comfort Textile — mebel ishlab chiqarish uchun mato, furnitura va boshqa materiallarni yetkazib beruvchi rivojlanayotgan kompaniya o‘z jamoasiga ROP (Sotuv bo‘limi rahbari) lavozimiga mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassisni taklif qiladi.
Asosiy vazifalar:
Onlayn savdo bo‘limining kundalik faoliyatini nazorat qilish;
Sotuv bo‘limi xodimlarining ishini tashkil etish va nazorat qilish;
Yangi xodimlarni izlash, suhbatdan o‘tkazish va ishga qabul qilish;
Jamoani doimiy ravishda malakali xodimlar bilan ta’minlab borish;
Xodimlarning ish samaradorligini tahlil qilish va natijalarni yaxshilash;
Sotuv jarayonlarini takomillashtirish va savdo hajmini oshirish.
Nomzodga talablar:
Sotuv sohasida kamida 1 yil ish tajribasi;
Jamoani boshqarish va xodimlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
Mas’uliyatlilik va yuqori natijaga intilish;
Tezkor qaror qabul qila olish;
Muloqot qilish va muzokara olib borish qobiliyati;
KPI va sotuv ko‘rsatkichlari bilan ishlash tajribasi;
Toshkent shahar O'rikzorga yaqin joyda yashashi.
Biz taklif qilamiz:
Oylik: 6 000 000 – 8 000 000 so‘m + KPI;
Toshkent shahrida barqaror ish;
Rivojlanayotgan kompaniyada karyera o‘sishi;
Professional va faol jamoa;
Natijaga qarab qo‘shimcha daromad olish imkoniyati.
Ish vaqti: 08:00 – 19:00
Ish joyi: Toshkent shahri O'rikzor Gilam bozor yonida
Kompaniya: Comfort Textile
Agar siz sotuv jamoasini boshqarishga qodir bo‘lsangiz va natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmangizga olishga tayyor bo‘lsangiz — biz sizni jamoamizda kutamiz!
Навыки
- rop
- Контроль качества
- Активные продажи
- Управление командой
- Организаторские навыки
- Обучение персонала
- Навыки переговоров
Посмотреть контакты работодателя