Sotuv menejeri
Ebel.luxury / Remont Podklyuch loyihasi jamoasiga faol va natijaga yo‘naltirilgan Sotuv menejerini qidirmoqdamiz.
Agar siz mijozlar bilan muzokara olib borishni, uchrashuvlarda mahsulot va xizmatlarni professional taqdim etishni hamda sotuv natijalariga erishishni bilsangiz, sizni jamoamizda kutamiz.
Vazifalar
- Belgilangan mijozlar bilan uchrashuvlarga o‘z vaqtida borish;
- Ofisga kelgan mijozlarga kompaniya xizmatlarini taqdim etish;
- Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va mos yechimlarni taklif qilish;
- Muzokaralar olib borish va shartnoma tuzish;
- Sotuv rejasini bajarish va oshirish;
- Mijozlarning e’tirozlari bilan professional ishlash;
- Raqobatchilar va bozorni o‘rganish;
- Sotuvni oshirish bo‘yicha o‘z taklif va g‘oyalarini berish;
- Uchrashuv bo‘lmagan paytlarda ofisdagi ish jarayonida ishtirok etish.
Nomzodga talablar
- Sotuv sohasida kamida 6 oylik ish tajribasi;
- Sotuv texnikalarini bilish;
- Mijozlar bilan samarali muloqot qila olish;
- Muzokara olib borish va e’tirozlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Mijozni qiziqtirish va sotuv jarayonini yakunlash qobiliyati;
- Qurilish va ta’mirlash sohasini tushunish;
- O‘zbek tilini yaxshi bilish;
- Rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
- CRM, Word va Excel bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Shaxsiy avtomobilga ega bo‘lish;
- Mijozlar bilan uchrashuvlarda professional va klassik uslubda kiyinish;
- Lazerli o‘lchagichga ega bo‘lish.
Shaxsiy fazilatlar
- Mas’uliyatlilik;
- Faollik va tashabbuskorlik;
- Kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari;
- Ekstrovert va ochiq muloqotga moyillik;
- O‘zini tuta bilish;
- Intizomlilik;
- Natijaga yo‘naltirilganlik.
Ish sharoiti
- Ish jadvali: 6/1;
- Ish vaqti: 10:00 dan 19:00 gacha;
- Mijozlar bilan belgilangan uchrashuvlarga borish;
- Xizmat uchrashuvlari uchun yo‘l xarajatlari kompaniya tomonidan qoplanmaydi.
Ish haqi
- Fiksatsiyalangan maosh: 6 000 000 so‘mdan;
- Har bir tuzilgan shartnoma uchun 1 000 000 so‘mdan bonus;
- Sotuv natijalariga qarab bonus tizimi va daromad miqdori qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
- Tushlik xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi.
Biz kimni qidirmoqdamiz?
Biz faqat mijozlarga javob beradigan emas, balki sotuvni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, yangi g‘oyalar va takliflar bera oladigan, mijozlar bilan ishonchli munosabat o‘rnata oladigan mutaxassisni qidirmoqdamiz.
Agar siz sotuvda natija qilishni, yuqori daromad topishni va qurilish hamda ta’mirlash sohasida rivojlanishni istasangiz — vakansiyamizga javob qoldiring.