Operatsion menejer (COO yordamchisi)

Operatsion menejer (COO yordamchisi)

Ташкент, Юнусабадский район, улица Янги Юнусабад

Описание вакансии

Biz kimmiz

Biz O'zbekistondagi o'qituvchilar uchun attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko'rsatuvchi onlayn ta'lim loyihasimiz.

Bir necha faktda:

  • Yiliga 12 ta sotuv darchasi, 5 ta mahsulot yo'nalishi
  • Bitta mavsumda 1100+ o'quvchi
  • Jamoada 30 kishi: marketing, sotuv, video ishlab chiqarish, o'quv bo'limi

O'quvchilarimiz kursni tugatib imtihondan o'tsa, oyligiga 1 yil davomida 50–70% ustama qo'shiladi. Ya'ni bizning mahsulotimiz odamlarning daromadini real oshiradi.

Biz o'sib borayapmiz. Muammo ham shunda: o'sish tezligi boshqaruv tizimimizdan oldinda ketyapti.

Nima uchun bu vakansiya ochilyapti

Ochiq aytamiz: hozir loyihaning barcha operatsion jarayonlari bitta odam — prodyuser orqali o'tadi. Rejalashtirish ham, tasdiqlash ham, nazorat ham. Bu o'sishga to'siq bo'lyapti.

Bizga jarayonlarni o'z zimmasiga oladigan, tizim quradigan va jamoani natijaga olib boradigan odam kerak.

Bu — tayyor tizimda ishlaydigan ish emas. Bu — tizimni o'zing quradigan ish. Agar sen faqat aniq TZ bo'yicha ishlashni yoqtirsang, bu vakansiya senga to'g'ri kelmaydi. Agar tartibsizlikni ko'rib, uni tartibga solishdan zavq olsang — o'qishda davom et.

Sening vazifalaring

1. Zapusklarni boshqarish. Yiliga 12 ta sotuv darchasi bor va ular bir-birining ustiga tushadi. Sening ishing — har bir zapuskni boshidan oxirigacha olib borish: kontent tayyorlashdan tortib sotuv yopilishigacha. Sanalar, mas'ullar, muddatlar — hammasi sening nazoratingda.

2. Jamoa ishini muvofiqlashtirish. Marketing, video ishlab chiqarish, sotuv va o'quv bo'limlari o'rtasidagi bog'lanish. Kim nimani qachon topshirishi kerakligini bilish va buni ta'minlash. Kechikish bo'lsa — sababini topish va yechish.

3. Tizim va standartlar qurish. Har bir bo'lim uchun ish standartlari (SOP), chek-listlar, shablonlar. Maqsad: yangi xodim kelganda unga bir hafta emas, bir kun tushuntirilsin.

4. Raqamlarni o'lchash va tahlil qilish. Reklamadan sotuvgacha bo'lgan har bir bosqichning konversiyasi. Qayerda odam yo'qotayotganimizni aniqlash va buni tuzatish bo'yicha taklif berish. Hozir bu ma'lumot bizda yo'q — uni sen quriladi.

5. Sotuv natijasiga ta'sir qilish. Sen sotuvchi emassan, lekin sotuv bo'limi bilan birga ishlaysan: sotuv jarayonidagi bo'shliqlarni topasan, otkaz bazasi bilan ishlash tizimini qurasan, mavjud o'quvchilarga qayta sotuv yo'nalishini ochasan.

Sendan kutamiz

Majburiy:

  • Kamida 2 yil loyiha yoki operatsion boshqaruv tajribasi
  • Kamida 5 kishilik jamoani boshqargan bo'lishing
  • Task-menejer tizimlari bilan real ish tajribasi (ClickUp, Notion, Trello, Asana — qaysi biri bo'lsa ham)
  • Excel yoki Google Sheets'da erkin ishlash: formulalar, jadvallar, hisobotlar
  • Raqamlar bilan ishlash va ulardan xulosa chiqara olish
  • O'zbek tilida savodli yozish, rus yoki ingliz tilini tushunish
  • Toshkentda yashash yoki ko'chib kelishga tayyorlik

Ustunlik beradi:

  • Infobiznes, onlayn ta'lim yoki kurs sotish sohasidagi tajriba
  • Zapusk (product launch) modelini tushunish
  • CRM tizimlari bilan ishlash (AmoCRM, Bitrix24)
  • Marketing voronkalari va konversiya metrikalarini bilish

Sendan kutmaydigan narsalar:

  • Dizayn qilish, montaj qilish, ssenariy yozish — buning uchun alohida mutaxassislar bor
  • O'zing sotuv qilish — sotuv bo'limi bor
  • Dasturlash

Qanday odam qidiryapmiz

Tajriba muhim, lekin biz uchun bu xususiyatlar muhimroq:

  • Tartib seni tinchlantiradi. Tartibsizlikni ko'rganda asabiylashmaysan — uni tuzatishga kirishasan.
  • Sen «yo'q» deya olasan. Agar muddat realistik bo'lmasa, buni oldindan aytasan. Rozilik berib, keyin kechiktirmaysan.
  • Muammoni yechim bilan olib kelasan. «Bu ishlamayapti» emas, «bu ishlamayapti, sababi shu, taklifim shu».
  • Sen odamlar bilan ishlay olasan. Jamoamiz asosan yosh mutaxassislardan iborat. Ularni qo'rqitib emas, tushuntirib boshqarish kerak.
  • Sen uzoq muddatga qarab ishlaysan. Bizga 6 oyga kelib ketadigan odam kerak emas. Loyihaning o'sishi bilan birga o'sadigan odam kerak.

Biz nimani taklif qilamiz

  • Maosh: suhbatda kelishiladi, tajribaga qarab. Sinov muddatidan keyin natijaga bog'liq bonus qismi qo'shiladi
  • Rasmiy ish, ish vaqti: dushanba–shanba (shanba qisqartirilgan)
  • Toshkentdagi ofis
  • Real ta'sir: sen qurgan tizim minglab o'qituvchining ta'lim olishiga ta'sir qiladi
  • O'sish yo'li: natija ko'rsatsang, 1–2 yil ichida Operatsion Direktor (COO) darajasiga o'tish imkoniyati
  • To'g'ridan-to'g'ri loyiha egasi bilan ishlash — orada ortiqcha bo'g'in yo'q
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

НОУ ZAKOVAT ACADEMY

Avtomaktab uchun Filial menejer

НОУ ZAKOVAT ACADEMY

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Рекомендуем

Showroom uchun sotuv bo‘yicha menejer

MARVA UNIVERSAL ACADEMY

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Рекомендуем

PR Menejer

Falaq Nashr

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Рекомендуем

HR menejer kerak

A-BOSS MATERIALS

  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

LINKTRADE
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Sotuv menejer / Менеджер по продажам

TABASSUM-CENTER FOR OPPORTUNITIES

  • Ташкент

  • до 16000000 UZS

НОУ NEXT LEARNING CENTER GROUP

Menejer o’quv markazga

НОУ NEXT LEARNING CENTER GROUP

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

ZIN-NUR AKADEMIYASI

Filial menejer

ZIN-NUR AKADEMIYASI

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

СП ООО VALOR
  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

СП ABN-MB
  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

VIVAMED CENTER
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Qadam Education
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Projekt menejer

YATT AXMEDOVA KAMILLA KAMILJANOVNA

  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

Sotuv menejer

ИП ООО SIMPLE LEASING

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

NAJOT TA’LIM MARKAZI

Akademik menejer

NAJOT TA’LIM MARKAZI

  • Ташкент

  • до 1000 USD

MUSAIT TECH
  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

ROBOSELL
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию