Sizdan bizga haqiqatdan ham zo'r content-marketing, bizdan sizga esa haqiqatdan zo'r imkoniyatlar 🔥
Tashkent International University (TIU) — O'zbekistondagi eng tez rivojlanayotgan xalqaro universitetlardan biri.
Bugungi maqsadimiz oddiy: O'zbekistondagi har bir abituriyent TIU haqida bilishi kerak.
Shuning uchun biz kontentga jiddiy investitsiya qilyapmiz.
Siz nima qilasiz?
— Reels va Telegram uchun kreativ g'oyalar topasiz.
- Kuchli hook va ssenariylar yozasiz.
- Videograf va montajchilar bilan suratga olish jarayonini boshqarasiz.
- Kontent rejasini yuritasiz.
- Qaysi video ishlaganini, qaysi biri ishlamaganini tahlil qilasiz.
- Oddiy videoni millionlab ko'riladigan kontentga aylantirishga harakat qilasiz.
Biz uchun eng muhim narsa:
Siz quyidagilarni bilishingiz kerak:
- Nega bir Reel 20 ming emas, 2 million ko'riladi.
- Birinchi 3 soniya qanday ishlashi kerak.
- Hook nima.
- Storytelling nima.
- TikTok va Instagram algoritmlarini his qilishingiz.
Talablarimiz:
- Reels/TikTok/Shorts bo'yicha tajriba.
- Storytelling va copywriting.
- O'zbek tilini mukammal bilish.
- Rus va ingliz tillari katta ustunlik beradi.
Biz nima beramiz?
- 8 000 000 – 15 000 000 so'm stabil va vaqtida oylik.
- Tayyor media jamoa (videograf + montajchilar).
- Toshkent markazidagi zamonaviy ofis.
- Katta auditoriya va katta budjet bilan ishlash.
- G'oyalaringizni real hayotga chiqarish imkoniyati
Muhim
Agar siz faqat post joylash va story qilish bilan shug'ullangan bo'lsangiz, bu vakansiya siz uchun emas.
Agar siz odamlar ulashadigan, izoh qoldiradigan va millionlab ko'riladigan videolar yaratishni istasangiz — suhbatlashamiz.
📩 Ariza qoldiring, bir kunda a'loqaga chiqamiz!