Talablar:
- Oliy yuridik maʼlumot. Yuridik (sud, huquq) yoki qarzdorliklar bilan ishlash sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimiga oid qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini hamda yuridik xizmatning asosiy yoʻnalishlari va funksiyalarini yaxshi bilish;
- Davlat tilini mukammal bilish (yozma va ogʻzaki). Rus-ingliz tillarini bilish ustunlik beradi.
- Microsoft Office (Excel, PowerPoint, Word), moliyaviy tahlil va hisobotlarni tuzish uchun dasturlardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlish.
- Maʻlumotlarni tahlil qila olish, yozishmalar olib borish hamda hujjatlar bilan ishlay olish koʻnikmalariga ega boʻlish.
Vazifalar: - Bosh amaliyotlar boshqarmasi faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash;
- Bosh amaliyotlar boshqarmasi xodimlari tomonidan imzolanayotgan hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazorat olib borish;
- Bosh amaliyotlar boshqarmasi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishda ishtirok etish;
- Bankning mulklari saqlanishini huquqiy vositalar orqali taʼminlash ishlarini tashkil qilish;
- Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
Ish sharoiti:
Toʻliq 5 ish kuni (09:00–18:00);
Ish joyi bankning markaziy idorasida;
Munosib ish haqi.