Ташкент, улица Узумзор
Regional Operations Coordinator — UFarmer
Kompaniya: UFarmer
Bandlik turi: To‘liq ish kuni
Maosh: $700–$1000+
Rol haqida
UFarmer’ning eng muhim nuqtalaridan biri — markazdagi reja joylarda real ishlashi. Shuning uchun bizga hududlarda operatsion ishlarni yurita oladigan, fermerlar, hamkorlar, yetkazib beruvchilar va ichki jamoa bilan bir vaqtning o‘zida ishlay oladigan Regional Operations Coordinator kerak.
Rolning maqsadi
Bu rol UFarmer’ning hududiy ishlash sifatini ta’minlaydi. Ya’ni ilovada yaratilgan jarayonlar joylarda haqiqatan ham ishlayaptimi, buyurtmalar to‘g‘ri bajarilayaptimi, fermerlar nimani tushunmayapti, qayerda jarayon uzilyapti — bularni shu odam ko‘rib, markaziy jamoaga yetkazadi va joyida hal qiladi.
Nimalar qilasiz
• Belgilangan hudud bo‘yicha kundalik operatsion jarayonlarni kuzatasiz
• Fermerlar, regional partnerlar, supplierlar va field xodimlar bilan ishlaysiz
• Buyurtma, yetkazib berish, support, hujjat, qaytarish kabi jarayonlarda muammolarni aniqlaysiz
• Hududdagi real muammolarni markaziy ops va product jamoaga yetkazasiz
• App’dan foydalanishda fermerlar qayerda qiynalayotganini kuzatasiz
• Zarur bo‘lsa foydalanuvchi onboardingiga yordam berasiz
• Hududiy growth va adoption uchun feedback yig‘asiz
• Launch vaqtida joylardagi real execution sifati uchun javob berasiz
• Mahalliy hamkorlar bilan munosabatni boshqarasiz
• Jarayonlardagi kechikish, notog‘ri buyurtma, noto‘g‘ri tushunish holatlarini kamaytirishga ishlaysiz
Sizdan nimani kutamiz
• Regional operations, field sales, distribution yoki coordination bo‘yicha tajriba
• Odamlar bilan ishlash qobiliyati
• Safarga tayyorlik
• Hududiy ish uslubini tushunish
• O‘zbek tilida erkin muloqot
• Muammo chiqqanda tez yechim topa olish
• Tizimga feedback bera olish
• App, order status, user flow, support lifecycle tushunchalarini tez o‘rganish
IT va app understanding nega kerak
Bu rolda siz shuni tushunishingiz kerak:
• foydalanuvchi ilovada qayerda to‘xtab qolmoqda
• qaysi request supportga aylanyapti
• qaysi status yoki flow hududdagi operatsiyani qiyinlashtiryapti
• qaysi muammo training bilan, qaysisi app o‘zgarishi bilan hal bo‘ladi
Ustunlik beradi
• Agro yoki regional savdo/distribyutsiya tajribasi
• Fermer auditoriyasi bilan ishlagan bo‘lish
• CRM yoki field reporting tools bilan ishlash
• Operational reporting olib borgan bo‘lish
• Ingliz tilida so'zlasha olish
Biz taklif qilamiz
• Joylarda real ta’sir qiladigan rol
• Kuchli o‘sish imkoniyati
• Katta platformaning hududiy expansionida qatnashish
• Maosh: $700–$1000+
Korzinka (Anglesey food)
Ташкент
до 15000000 UZS