Ташкент, Сергелийский район, улица Янги Сергели, 14A
HR direktor ishga olinadi.
Sergeli tumanidagi “Global Medical Center” klinikasiga HR direktor ishga olinadi.
Asosiy vazifalar:
- kadrlar siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
- HR tizimini kompaniyaning strategik maqsadlariga moslashtirish;
- ishga qabul qilish, o‘qitish, motivatsiya va baholash jarayonlarini boshqarish;
- HR departamenti ishini tashkil etish va nazorat qilish;
- mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash;
- korporativ madaniyatni shakllantirish va xodimlar ishtirokini oshirish.
Talablar:
- oliy ma’lumot (psixologiya, menejment yoki iqtisod yo‘nalishida bo‘lsa, afzal);
- mazkur lavozimida ishlash imkonini beruvchi hujjat (diplom, sertifikat, shahodatnoma);
- kamida 5 yillik umumiy ish tajribasi;
- mazkur lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasi (tibbiyot sohasida bo‘lsa, afzal);
- mehnat qonunchiligi va HR jarayonlarini chuqur bilish;
- yetakchilik, strategik fikrlash va kommunikativlik qobiliyatlari;
- o‘zbek tilini mukammal bilish (rus yoki ingliz tilini bilsa, afzal);
- mas’uliyatli, halol va e’tiborli bo‘lish.
Sharoitlar:
- qulay va zamonaviy ish muhiti, do‘stona jamoa;
- asosiy ish o‘rni bilan rasmiy ishga qabul, barqaror ish joyi;
- soat 8:00 dan 17:00 gacha 6 kunlik (yoki kelishuvga ko‘ra, 5 kunlik) ish vaqti;
- mehnat kodeksiga muvofiq, o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik ish haqi va ta’til;
- 10 000 000 so‘mdan 15 000 000 so‘mgacha maosh (suhbat asosida kelishiladi).
Требуется HR-директор.Технологический парк программных продуктов и информационных технологий
Ташкент
до 13000000 UZS
Ташкент
до 10000000 UZS