Kompaniya haqida qisqacha
ASKO shina, disk va akkumulyatorlarni tarmoqli do’konlar orqali sotadi. O’zbekiston bo’ylab 85 ta savdo do’konimiz bor va jamoamizda umumiy 450 dan ortiq xodim ishlaydi. Bosh ofisimiz Sergeli tumanida, Index binosida joylashgan, u yerda 160 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi.
Kompaniyadagi HR tizimi
Kompaniyamiz 2021-yilda tashkil topgan. Bugungi kunda:
- HR sohasidagi 40 ta yo’nalishdan 23 tasi Madina Biran tomonidan joriy qilingan, ulardan 7 tasi Verifix HRM tizimida avtomatlashtirilgan
- Xodimlarning 98% uchun KPI ishlab chiqilgan va joriy qilingan
- TOP menejerlar uchun yillik kalit KPI tizimi ishlaydi
- Ommaviy lavozimlar uchun grading tizimi joriy qilingan va ASKO Academy ilovasi orqali avtomatlashtirilgan
Bizga qanday HRD kerak?
Bizga HR tizimini noldan quradigan mutaxassis kerak emas. HR tizimini uyga o’xshatsak: loyihasi chizilgan, poydevori quyilgan, devorlari ko’tarilgan, tomi yopilgan, ichi yevroremont qilingan. Endi bizga shu uyning ichini tartibga keltirib, did bilan jihozlaydigan, ya’ni mavjud HR tizimini takomillashtirib, rivojlantiradigan HRD kerak.
- AI bilan ishlay olish: ChatGPT’ga dardini aytishdan ancha yuqori darajada
- Canva, Google Sheets va Excel’da bemalol ishlash
- Yuqori moslashuvchanlik va liderlik: o’zidan yuqori lavozimdagi xodimlarni ham ortidan ergashtira olish
- Bosim ostida barqaror ishlay olish (stressga chidamlilik)
- Faqat nazariy bilim emas, amaliy tajriba: real va natija bergan keyslar
Kelishsak, qanday vazifalar yuklatiladi?
- CEO-1 va CEO-2 lavozimlari uchun rekruting va onboarding
- C&B (kompensatsiya va imtiyozlar): oylik, bonus va KPI hisob-kitobi
- Lavozim yo’riqnomalarini yozish (shablondan ko’chirish emas, o’zi yozish)
- HR byudjetini shakllantirish va har oyning 24-sanasida moliya bo’limiga topshirish
- Jamoani boshqarish: rekruter, HR mutaxassis, HR admin va mobilograf
- Ta’sischi va kuratorning alohida topshiriqlarini bajarish
- Korporativ madaniyat va forma kiyim tartibiga rioya qilinishini ta’minlash
- Moddiy va nomoddiy motivatsiya bo’yicha takliflar berish va ularni amalga oshirish
- Bosh ofis xodimlari uchun oyiga 1 marta soft skills treningi o’tkazish
- HR analitika: haftalik va oylik raqamli hisobotlarni tayyorlash va rahbariyat oldida himoya qilish
Biz nimani taklif qilamiz?
- Moddiy yordam tizimi
- Korporativ SIM karta va noutbuk
- Bepul va mazali tushlik
- Real maqsadlarga qo’yilgan KPI va qo’shimcha daromad imkoniyati
- TOP menejerlar uchun muntazam strategik sessiyalar (ofisdan tashqarida, mini teambuilding bilan)
- Kompaniya rahbariyat board’iga kirish imkoniyati: strategik sessiyalarda qatnashish va strategiyani o’zingiz tuzish, Madina Biran ko’magida
- Ikki hayitda va ta’sischi tashabbusi bilan oziq-ovqat to’plami
- Har dushanba AI bo’yicha amaliy dars: o’z qo’lingiz bilan shaxsiy AI agent yaratish imkoniyati
- Mehnat ta’tili
- Rasmiy ishga joylashtirish
- Xizmat safari to'lab beriladi
- G’oyangiz bo’lsa, uni ochiq maydonda loyiha sifatida sinab ko’rish imkoniyati
- Strategiya, raqamlashtirish, avtomatlashtirish va shaxsiy o’sish uchun katta imkoniyat. Mentoringiz Madina Biran bo’ladi (tanish bo’lmasangiz, internetdan qidirib ko’ring)
Nega bu vakansiya ochildi?
Hozirgi HRD’imiz oilaviy sharoitlari tufayli formatni o’zgartirmoqda. Biz unga qarshi taklif berdik: siz bilan kelishsak, u tizimni sizga to’liq topshiradi va keyin onlayn tarzda hamkor sifatida ishlashni davom ettiradi. Ya’ni siz yolg’iz qolmaysiz.
Keyingi qadam
Vakansiya sizda ishlash istagini uyg’otgan bo’lsa, quyidagi test topshirig’ini bajaring. Suhbat 2 bosqichda o’tadi:
- Madina Biran bilan
- Ta’sischi bilan
O’z HRD’imizni topishga umid qilamiz!