Ташкент, улица Буюк Ипак Йули, 230
Jamoamizga faol, muloqotga kirishuvchan va natijaga yo‘naltirilgan Sotuv menejeri / Call-operatorlarni taklif qilamiz!
Kompaniyamiz tabiiy giyohlar asosidagi mahsulotlar va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan mahsulotlarni mijozlarga taklif qiladi.
Hozirda kompaniyamizda faol sotuv bo‘limi mavjud va jamoamizni kengaytirish hamda sotuv sifatini oshirish maqsadida yangi xodimlarni izlamoqdamiz.
Agar Siz odamlar bilan tez til topisha olsangiz, sotuvga qiziqsangiz va natija uchun ishlashga tayyor bo‘lsangiz — Sizni jamoamizga taklif qilamiz!
ASOSIY VAZIFALAR:
— Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar orqali mijozlar bilan muloqot qilish;
— Mijozning ehtiyojini aniqlash va unga mos mahsulotni taklif qilish;
— Mahsulotlarning xususiyatlari va afzalliklarini mijozga tushunarli tarzda taqdim etish;
— Mijozlarning savollariga professional javob berish;
— Mijoz e’tirozlari bilan ishlash;
— Muzokarani sotuv bilan yakunlash;
— Buyurtmalarni CRM tizimiga to‘g‘ri kiritish;
— Mijozlar bilan qayta aloqa (follow-up) olib borish;
— Belgilangan sotuv rejasini bajarish;
— Shaxsiy va jamoaviy KPI ko‘rsatkichlariga erishish;
— Mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish;
— Rahbariyat tomonidan berilgan sotuv standartlari va skriptlariga rioya qilish.
BIZ KIMNI QIDIRYAPMIZ:
— Sotuv yoki call-markaz sohasida tajribaga ega bo‘lsa ustunlik beradi;
— Telefon orqali mijoz bilan erkin va ishonchli muloqot qila oladi;
— O‘zbek tilida ravon va savodli gaplasha oladi;
— Mijoz ehtiyojini tinglash va to‘g‘ri savollar berishni biladi;
— E’tirozlar bilan ishlash qobiliyatiga ega;
— Sotuv texnikalarini o‘rganishga va rivojlanishga tayyor;
— Faol, mas’uliyatli va intizomli;
— Stressga chidamli;
— KPI va natija asosida ishlashga tayyor;
— Jamoada ishlay oladi;
— Kompyuterda boshlang‘ich darajada ishlay oladi.
TAJRIBASIZ NOMZODLAR HAM KO‘RIB CHIQILADI!
Agar Sizda sotuv tajribasi bo‘lmasa, lekin:
— muloqot qobiliyatingiz kuchli bo‘lsa;
— o‘rganishga tayyor bo‘lsangiz;
— faol va maqsadga intiluvchan bo‘lsangiz;
— natija uchun ishlashni istasangiz,
bizning jamoamizda o‘zingizni rivojlantirishingiz mumkin.
BIZ TAKLIF QILAMIZ:
— Sotuv bo‘yicha boshlang‘ich va amaliy o‘qitish;
— Tushunarli KPI tizimi;
— Sotuv natijasiga bog‘langan daromad;
— Kasbiy va moliyaviy o‘sish imkoniyati;
— Katta va rivojlanayotgan jamoada ishlash;
— Barqaror ish;
— Ish haqi: KPI asosida;
— Ish grafigi: 6/1;
— Ish joyi: Toshkent shahri - Chilonzor va Mirzo Ulug'bek filiallari
SIZNING O‘SISH IMKONIYATINGIZ:
Call-operator → Kuchli sotuv menejeri → Team Lead → Sotuv bo‘limi rahbari
Agar Siz o‘z ustingizda ishlashga va yuqori natija ko‘rsatishga tayyor bo‘lsangiz, kompaniyamizda martaba o‘sishi uchun imkoniyat mavjud.
MUHIM:
Bizga shunchaki telefonga javob beradigan operator emas, mijoz bilan to‘g‘ri muloqot qilib, uning ehtiyojini aniqlay oladigan va sotuvni amalga oshira oladigan Sotuv menejeri kerak.
Agar Siz natija qilishga tayyor bo‘lsangiz — rezyumeingizni yuboring!
MARMARIS TRAVEL AND TOUR
Ташкент
до 10000000 UZS