Brendni qo‘llab-quvvatlash va Kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot sotuvini kuchaytirish (ko‘tarish) maqsadida marketing tadqiqotlar va reklama tadbirlarini o‘tkazish;
Raqobatchilar mahsulotini oʻrganib chiqish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar jumlasini yaratish;
Brendning maqsadli auditoriyasini shakllanish maqsadida tadqiqotlar oʻtkazish;
Brendning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlarini shakllantirish;
Marketing yoʻnalishidagi tadqiqotlar , reklama kampaniyalari va brend salohiyatining samaradorligini tahlil qilish va baholash;
Kompaniya imidjini rivojlantirish, yangi mahsulotlarini ichki bozorga targʻib qilish;
Brend va mahsulot rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish;
Reklama kampaniyalarining tadbirlarini tashkillashtirish;
Mahsulot qiymatini oshirish maqsadida takliflar keyslarini yaratish;
Rasmiy veb-saytda konversiyalarning sonini koʻpaytirish;
Ichki va tashqi bozorlardagi mahsulotga boʻlgan talabni kuchaytirish bo‘yicha takliflar keysini ishlab chiqish.
Talablar:
Menedjment, marketing, sotuv yoki iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli hamda soha bo‘yicha 6 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega shaxs;
Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik va detallarga e’tiborli bo‘lish;
Samarali kommunikatsiya va muzokaralar olib borish qobiliyati;
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va ustuvor vazifalarni belgilash;
Jamoada ishlash qobiliyati, natijaga yo‘naltirilganlik.
Shartlar:
Kasbiy o‘sish imkoniyatlari;
Ijtimoiy paket;
Mehnat ta’tili;
Maxsus uniforma;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;