Ташкент, Алмазарский район
DOMU — dekorativ panellar va zamonaviy interyer yechimlari yo‘nalishida faoliyat yuritadigan, 30 dan ortiq xodim va 4 ta filialga ega rivojlanayotgan kompaniya.
Bizga shunchaki jarayonni nazorat qiladigan emas, sotuv tizimini rivojlantirib, jamoani natijaga olib chiqadigan kuchli ROP — sotuv bo‘limi rahbari kerak.
Asosiy vazifalar:
Sotuv bo‘limini boshqarish va rivojlantirish
Sotuv rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash
Sotuv menejerlari va call-markaz faoliyatini nazorat qilish
Lid → bog‘lanish → showroom → o‘lchov → sotuv jarayonini tizimlashtirish
CRM tizimining to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish
Konversiya va o‘rtacha chekni oshirish
Sotuvchilar uchun KPI va motivatsiya tizimini ishlab chiqish
Xodimlarni o‘qitish, suhbatlarini tahlil qilish va rivojlantirish
Haftalik va oylik sotuv natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash
Sotuvdagi muammolarni aniqlash va tezkor yechim berish
Biz kimni qidiryapmiz?
ROP yoki sotuv bo‘limi rahbari sifatida tajribaga ega
Jamoani boshqara oladigan va xodimlarni natijaga olib chiqadigan
CRM, sotuv voronkasi va KPI bilan ishlashni biladigan
Raqamlarni tahlil qilib, to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan
Mas’uliyatli, talabchan va tashabbuskor
Sotuv natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor mutaxassis
Biz sizga:
Kuchli va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash imkoniyati
Tayyor savdo mahsulotlari va doimiy mijozlar oqimi
O‘z sotuv tizimingizni shakllantirish uchun vakolat
Professional rivojlanish va katta loyihalarda ishlash
Ahil va faol jamoa
Natijaga yarasha munosib daromad taklif qilamiz
Agar siz sotuv bo‘limini tizimlashtira olsangiz, jamoani ruhlantirib, kompaniya daromadini oshira olsangiz — DOMU jamoasiga qo‘shiling!
YATT MIRZOXIDOV KAMRONMIRZO MIRZABOTIR O‘G‘LI
Ташкент
до 12000000 UZS
GREAT PATHFINDER
Ташкент
до 12000000 UZS
YATT MIRZOXIDOV KAMRONMIRZO MIRZABOTIR O‘G‘LI
Ташкент
до 12000000 UZS