INSOF MCHJ BETON zavod kompaniyasiga ISHLAB CHIQARISH BO‘LIMI BOSHLIG‘I (Nachalnik) kerak
📍 Ish joyi: Toshkent viloyati, Yangiyo‘l Tumani
beton mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirmoqda. Shu munosabat bilan jamoamizga tajribali Ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i (Nachalnik) ni taklif etamiz.
Asosiy talablar:
- Beton plitalar (temir-beton buyumlar) ishlab chiqarish sohasida amaliy ish tajribasi.
- Ishlab chiqarish jarayonini to‘liq tashkil eta olish va boshqarish.
- Ishchilar faoliyatini nazorat qilish hamda ishlab chiqarish rejasining bajarilishini ta'minlash.
- Mahsulot sifati va texnologik jarayonlarga rioya etilishini nazorat qilish.
- Mas'uliyatli, talabchan va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lish.
Vazifalari:
- Ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish.
- Brigadalar ishini muvofiqlashtirish.
- Mahsulot sifati va ishlab chiqarish hajmini nazorat qilish.
- Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta'minlash.
- Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar berish.
Biz taklif qilamiz:
- Yuqori va kelishilgan maosh (tajriba va malakaga qarab).
- Barqaror va uzoq muddatli ish.
- Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasida ishlash imkoniyati.
- Professional va ahil jamoa.
- malakali mutaxassislar uchun xizmat avtomobili ajratilishi mumkin.
- Agar shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, yoqilg‘i (gaz) xarajatlari korxona tomonidan qoplanadi.
- Oylik maoshdan tashqari qo‘shimcha rag‘batlantirish imkoniyatlari.
Nomzoddan kutamiz:
Agar siz aynan beton plitalar ishlab chiqarish sohasida ishlagan, jamoani boshqara oladigan va natijaga ishlaydigan mutaxassis bo‘lsangiz, sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.
INSOF MCHJ — sifatli mahsulot va kuchli jamoa sari birga