"Qadam Education" — o‘zbek tilida zamonaviy kasblarni o‘rgatishga ixtisoslashgan raqamli ta’lim platformasi bo‘lib, IT PARK va O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi rezidenti hisoblanadi.
Maktabimiz jamoasiga biz operatsion boshqaruv tajribasiga ega, faol va mas’uliyatli Sotuv bo‘limi rahbarini (Head of Sales) qidirmoqdamiz.
Sotuv bo‘limi rahbarining 2026-yil uchun maqsadi:
Sotuv rejalari bajarilishini ta’minlaydigan tizimli va samarali savdo bo‘limini shakllantirish.
Savdo bo‘limi rahbarining vazifasi — savdo bo‘limini raqamlar asosida boshqarish. Bu muhim — biz nafaqat boshqaruvchi, balki menejerlarga qanday sotish kerakligini amalda ko‘rsatib bera oladigan yetakchini qidirmoqdamiz.
Hozirda savdo bo‘limida 10 nafar xodim ishlaydi.
Vazifalar:
- Savdo strategiyasini yuritish: reja, tushum/konversiya bo‘yicha maqsadlar, segmentlar ustuvorligi
- Savdo bo‘limini boshqarish (yollash, o‘qitish, jamoani motivatsiya qilish)
- Savdo rejalari bajarilishini nazorat qilish
- Muloqot standartlari, skriptlar va reglamentlarni ishlab chiqish; jamoani o‘qitish
- Savdo jamoasini boshqarish: tanlash, moslashtirish, ish sifatini nazorat qilish
- Kundalik tahlil, prognozlash, boshqaruv hisobotlari
- Kuchli liderlik fazilatlari va jamoani motivatsiya qila olish
Talablar:
- Savdo bo‘limi rahbari / Head of Sales sifatida kamida 3 yil tajriba
- Kuchli muzokara olib borish ko‘nikmalari, egalari va top-menejment bilan ishonchli muloqot
- Savdo rejalari bajarish va oshirib bajarish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba
- Turli sotuv voronkalari (to‘g‘ridan-to‘g‘ri, webinar, tripvayer) ishlash prinsiplari bo‘yicha bilim
- AMOCRM bilan ishlash tajribasi (voronkalarni sozlay olish va ichki texnik jihatlarini bilish)
Sharoitlar:
- Rasmiy ish haqi, munosib oylik: 10 mln so‘mdan boshlanadigan fiks + reja bajarilishiga qarab bonuslar. Reja bajarilganda oylik 25 mln so‘m va undan yuqori bo‘ladi
- Byurokratiyasiz zamonaviy kompaniya
- Ambitsiyali va qiziqarli vazifalar
- Professional jamoa — yosh va energiyaga boy kollektiv, har doim qo‘llab-quvvatlaydi va birgalikda yutuqlardan xursand bo‘ladi
- Dress-kod yo‘q
- Ish formati — ofisda (offline)
- Ish jadvali: 6/1, dushanbadan shanbagacha, 10:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti)
- Kompaniyada o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari mavjud — savdo bo‘yicha direktor lavozimigacha ko‘tarilish imkoniyati bor
Agar siz hammasini o‘qib chiqib, kompaniyamizda savdo bo‘limi rahbari bo‘lishga tayyor ekaningizni tushungan bo‘lsangiz — murojaat qiling, biz sizning rezyumeingizni eng qisqa muddatda ko‘rib chiqamiz.