Ташкент, Чиланзарская линия, метро Чиланзар
Biz haqimizda va kimni qidiryapmiz?
Biointelect — bu O'zbekiston bozoriga yuqori o'zlashtiriluvchi xelatli minerallar (zinc, magniy) va ilmiy asoslangan biofaol qo'shimchalarni taqdim etuvchi kompaniya. Biz mijozlarga shunchaki mahsulot emas, aniq yechim va natija sotamiz.
Biz o'z ishini biladigan, konsultativ sotuv jarayonlarini tushunadigan va eng muhimi — natija ko'rsatib, katta daromad topishni xohlaydigan sotuv menejerini qidiryapmiz. Agar siz "sovuq qo'ng'iroqlar" (cold calls) qilishdan charchagan bo'lsangiz va daromadingiz qanday hisoblanishi tushunarsiz bo'lgan tizimlardan qochsangiz, bu imkoniyat siz uchun.
Nima uchun Biointelect'da sotuvchi bo'lish qulay va foydali? (Sizning ustunliklaringiz):
100% "Issiq" Lidlar (Tayyor trafik): Siz mijoz qidirib vaqtingizni yo'qotmaysiz. Bizning raqamli infratuzilmamiz (Meta reklamalari va saytdagi avtomatlashtirilgan diagnostika tizimi) sizga har kuni o'z muammosini hal qilishga qiziqqan va xaridga tayyor mijozlar oqimini yetkazib beradi.
Adolatli va Shaffof Bonus Tizimi: Bizda narxlarni o'zgartirish yoki tushunarsiz foizlar bilan o'ynash yo'q. Motivatsiya tizimi juda oddiy: har bir sotilgan mahsulot (birlik) uchun qat'iy belgilangan bonus olasiz. Qancha ko'p tranzaksiyani yopsangiz, shuncha ko'p naqd pul ishlaysiz. Daromadda chegara yo'q.
O'zini o'zi sotadigan mahsulot: Rux (цинк) va magniyning xelat shakllari oddiy vitaminlarga qaraganda qanday ishlashini tushuntirish oson. Bu mijozlarga uyalmasdan va ishonch bilan taklif qilinadigan, raqobatbardoshligini isbotlagan mahsulotdir.
Sizning asosiy vazifalaringiz:
Diagnostika tizimidan o'tgan va qiziqish bildirgan mijozlar bilan aloqaga chiqish, ehtiyojlarini aniqlash va moslashtirilgan mahsulot protokollarini sotish (B2C).
Mijozlarning e'tirozlari bilan malakali ishlash va ularni doimiy xaridorlarga aylantirish.
Barcha jarayonlarni CRM tizimida yuritish va hissiyotlarga ("gut feeling") emas, faqat aniq raqamlar va faktlarga tayangan holda hisobot berish.
Bizning talablar:
Faol sotuvlarda ( B2C) kamida 1-2 yillik amaliy tajriba.
O'zbek tillida erkin va savodli muloqot qila olish.
Natijaga yo'naltirilganlik: biz jarayon uchun emas, natija uchun pul to'laymiz.
Mijozlar ishontirish, faol tinglash va savdo voronkasining har bir bosqichida to'g'ri qadam tashlash qobiliyati.
Biz nima taklif qilamiz?
Kafolatlangan barqaror maosh + Har bir sotilgan mahsulotdan qat'iy belgilangan, yuqori bonuslar.
Biznes jarayonlari to'g'ri yo'lga qo'yilgan, zamonaviy va tez o'sayotgan jamoada ishlash.
Agar siz shunchaki "buyurtma qabul qiluvchi" emas, balki haqiqiy sotuvchi/yopuvchi (sales closer) bo'lsangiz, rezyumeingizni yuboring.
Toshkent shahrida qulay ofis va mehnat sharoitlari.Kompaniya hisobidan o'qish va malaka oshirish imkoniyatlari bor!
СП ООО ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI
Ташкент
до 20000000 UZS