Tashkiliy tuzilma va hisobdorlik
Mazkur lavozim "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Bosh bankining Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti tarkibida faoliyat yuritishni nazarda tutadi.
Boshqarma boshlig'i departament direktoriga, shuningdek Bank Boshqaruvi raisiga va uning tegishli o'rinbosariga hisobdor hisoblanadi.
Asosiy vazifalar
- Bank strategiyasiga muvofiq bankning investorlar bilan aloqalar xizmatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
- Moliyaviy hamjamiyat bilan kommunikasiya strategiyasini ishlab chiqish: investorlar va boshqa kontragentlar e'tiboriga taqdim etiladigan axborot ko'lamini shakllantirish;
- Bankning joriy kredit reytinglari ko'rsatkichlari va qimmatli qog'ozlar samaradorligiga ta'sir etishi mumkin bo'lgan omillar to'g'risida tavsiyalar taqdim etish;
- Departamentning «IR Story» konseptualini yaratish;
- MHXS (IFRS) yillik hisobotini o'zaro muvofiqlashtirish va tayyorlash jarayonini yo'lga qo'yish;
- Bank tomonidan evrobondlar chiqarishni tashkil etish: emissiya jarayonini muvofiqlashtirish, xalqaro investorlar bilan muzokaralar olib borish va zarur hujjatlarni tayyorlash;
- IR boshqarmasi faoliyatini xalqaro me'yorlar va standartlariga muvofiq tashkil etish;
- Xalqaro tadbirlar ishida moderator sifatida ishtirok etish;
- Mavjud taqdimot materiallarini, press-relizlarni va boshqa axborot materiallarini veb-sahifaga joylashdan oldin tasdiqlash;
- Xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish jarayonida XMI bo'linmasi bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish;
- Bankka kiruvchi va Bankdan chiquvchi IR axborot uchun "Yagona darcha" ("One Voice") kommunikasiya vazifasini bajarish.
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar
- Iqtisodiyot va/yoki moliya yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumot (bakalavr va/yoki magistr darajasi);
- Bank tizimida kamida 6 yillik mehnat staji;
- Xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan ishlash sohasida amaliy tajriba;
- Tasdiqlangan boshqaruv va yetakchilik kompetensiyalari;
- Yuqori darajadagi kompetensiyalarini tasdiqlovchi xalqaro professional sertifikatlarga (ACCA, CFA, CPA yoki ularga tenglashtirilgan) ega bo‘lishi afzallik sifatida baholanadi;
- Yevroobligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishi, jumladan bitimlarni tayyorlash va strukturalash, xalqaro moliya institutlari, reyting agentliklari hamda investorlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek xalqaro kapital bozorlarida joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish;
- MHXS (IFRS) va moliyaviy hisobot standartlarini yaxshi bilish;
- MS Office va bank ichki axborot tizimlarida mukammal ishlay olish;
- O'zbek, ingliz va rus tillarini mukammal darajada bilish;
- Ma'lumotlarni tahlil qilishda axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lish.
Ish sharoitlari
- To'liq ish kuni (haftasiga 5 ish kuni, 09:00–18:00);
- Ish joyi — Bankning bosh ofisi;
- Mehnatga haq to'lash — kelishuv asosida.