Hamkorlik va kommunikatsiyalar boshqarmasi Yetakchi menejer(Boshqarma boshlig`i o`rinbosari)

Hamkorlik va kommunikatsiyalar boshqarmasi Yetakchi menejer(Boshqarma boshlig`i o`rinbosari)

Ташкент

Описание вакансии

Biznesni rivojlantirish departamentining Hamkorlik va kommunikatsiyalar boshqarmasi Yetakchi menejeri

Vazifalar:

Bankning nomoliyaviy xizmatlari bo‘yicha yagona kommunikatsion va PR-strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

Nomoliyaviy xizmatlar yo‘nalishida sifatli kontent yaratilishini nazorat qilish: ijobiy imij yaratish bo‘yicha maqolalar va intervyular, «Success story» (tadbirkorlarning muvaffaqiyat hikoyalari) formatidagi nashrlar va boshqa PR materiallar yaratish;

Nomoliyaviy xizmatlar qismi bo‘yicha Bankning asosiy PR-materiallari, press-relizlari va rasmiy bayonotlarini yakuniy tahrir qilish va tasdiqlash;

Nomoliyaviy xizmatlar yo‘nalishidagi kommunikatsiyalarda mijozga yo‘naltirilgan yondashuv standartlarini joriy etish;

Joriy PR-kampaniyalarga tuzatishlar kiritish uchun tahliliy ma’lumotlardan foydalanish;

Nomoliyaviy xizmatlar yo‘nalishining marketing budjetini shakllantirish, himoya qilish va uning ijrosini nazorat qilish;

Mediaplanlashtirish: samarali targ‘ibot kanallarini tanlash va ularning natijadorligini (ROI/KPI) baholash;

Ma’lumotlar to‘plash va kross-funksional loyihalarni amalga oshirish uchun Bankning boshqa departamentlari bilan hamkorlik qilish;

OAV, blogerlar va fikr yetakchilari (inflyuenserlar) bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, marketing, menejment);

Bank tizimida yoki kommunikatsiyalar sohasida kamida 5 yillik ish staji;

MS Office va boshqa amaliy dasturlarni mukammal bilish, bank axborot tizimlarida ishlash bo‘yicha yuqori (advanced) ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

O‘zbek tilini mukammal bilish hamda chet tillaridan birini (rus yoki ingliz tili) yozma va og‘zaki nutqda erkin qo‘llay olish;

Ma’lumotlarni tahlil qilishda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt (AI) vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari.

Ish sharoiti:

To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);

Ish joyi bankning markaziy idorasida;

Kelishilgan haq.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

MILLAT UMIDI UNIVERSITY
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
InFinBank
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
DEUTSCH ZENTRUM
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Рекомендуем

Turizm, mehmonxona va restoran menejmenti bo‘yicha o‘qituvchi

СП ООО ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Infratuzilmani rivojlantirish sektori yetakchi mutaxassisi

ГУ JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

  • Ташкент

  • от 7620142 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию