AIFU universiteti Chirchiq filiali — zamonaviy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, xalqaro ta’lim standartlari asosida turizm va mehmondo‘stlik sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlaydi. Yo‘nalish kengaygani sababli malakali o‘qituvchini jamoamizga taklif qilamiz.
📚 Vazifalar
- “Turizm va mehmondo‘stlikda standartlashtirish va sertifikatlash” fanidan 90 soatlik dars o‘tish
- Mehmonxona va restoran menejmenti fanlaridan dars berish
- O‘quv dasturi (syllabus) va materiallarini ishlab chiqish
- Talabalar bilimini baholash
- Turizm va HoReCa sohasidagi real case’lar asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish
- Talabalarni xalqaro servis standartlariga tayyorlash
🎯 Talablar
- Turizm, mehmondo‘stlik, mehmonxona yoki restoran menejmenti yo‘nalishida oliy ma’lumot
- Standartlashtirish va sertifikatlash tizimlari bo‘yicha bilim
- Sohada amaliy ish tajribasi ustunlik beradi
- O‘qituvchilik tajribasi afzallik hisoblanadi
- Mas’uliyatlilik va professional yondashuv
💰 Sharoitlar
- Ish haqi: 6 700 000 so‘mdan 20 000 000 so‘mgacha
(malaka va yuklamaga qarab)
- Universitet tomonidan qo‘shimcha 20% ustama
- Zamonaviy akademik muhit
- Professional rivojlanish imkoniyati
- Qulay ish grafigi
- Uzoq muddatli hamkorlik imkoniyati