Ташкент, Алмазарский район, квартал Тараккиёт-1, 1Б
AYNIMO — bu nafaqat O‘zbekistondagi eng yirik savdo tarmoqlaridan biri, balki doimiy rivojlanib borayotgan professional jamoa hamdir. Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish bo‘limimiz respublika bo‘ylab menejerlar hamda funksional mutaxassislar rivoji uchun muhim mas’uliyatni zimmasiga oladigan iqtidorli ta’lim va rivojlanish menejerini izlamoqda.
Agar siz sifatli o‘quv kontent yaratishni bilsangiz, auditoriyani ilhomlantira olsangiz va rivojlanish jarayonlariga tizimli yondasha olsangiz — sizni kutamiz!
Asosiy vazifalar:
Ta’lim strategiyasi:
Bosh ofis va do`kon xodimlari uchun kompleks o‘quv rejasini ishlab chiqish.
Trening faoliyati:
Turli formatlarda (onlayn va oflayn) treninglarni mustaqil ishlab chiqish va o‘tkazish tashkillashtirish
Kontentni moslashtirish:
O‘quv dasturlarini xodimlar darajasiga moslashtirish — boshlang‘ich boshqaruv ko‘nikmalaridan tortib ilg‘or soft skills’gacha.
Dasturlarni rivojlantirish:
Mavjud kurslarni kompaniyaning dolzarb biznes vazifalaridan kelib chiqib doimiy yangilash va takomillashtirish.
Onboarding:
Yangi ofis xodimlarini ish jarayonlariga tez moslashishi uchun kuzatib borish va adaptatsiya qilish.
Jamoaviy ish:
Bo‘limning dolzarb vazifalarini bajarishda hamkasblarga ko‘maklashish.
Talablar:
Tajriba:
Korporativ ta’lim, biznes-treninglar yoki xodimlarni rivojlantirish yo‘nalishida ish tajribasi.
Professional ko‘nikmalar (Hard Skills):
Soft skills bo‘yicha treninglar o‘tkazish tajribasi, fasilitatsiya ko‘nikmalari va auditoriya oldida ishonchli chiqish qobiliyati.
Moslashuvchanlik:
Turli auditoriya va o‘qitish formatlari bilan ishlay olish.
Shaxsiy fazilatlar:
Mustaqillik, tizimli fikrlash va yuqori natijaga yo‘naltirilganlik.
Mobillik:
Hududiy bo‘linmalar bilan ishlash uchun O‘zbekiston bo‘ylab xizmat safarlariga tayyorlik.
Biz taklif qilamiz:
Karyera o‘sishi:
Professional va vertikal rivojlanish uchun real imkoniyatlar.
Ish grafigi:
5/2, 8 soatlik ish kuni.
Sinov muddati:
3 oy.
Joylashuv:
Toshkent shahridagi qulay va zamonaviy ofis.
Xizmat safarlari:
Respublika hududlariga borib treninglar o‘tkazish va tajriba almashish imkoniyati.
EUROSNAB TECHNOLOGY
Ташкент
до 7000000 UZS
WALL STREET ACADEMY
Ташкент
до 15000000 UZS