Yirik ishlab chiqaruvchi kompaniya, to‘qimachilik mahsulotlarining to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega: egruv, to‘quv, bo‘yoq va tikuv bo‘limlari. Kompaniya hozirda boshqaruv tizimini qayta tashkil etish jarayonida bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini, sifatni va ichki jarayonlarni yangi darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.
Asosiy vazifalar:
Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini (egruv, to‘quv, bo‘yoq, tikuv) kompleks boshqarish va muvofiqlashtirish;
Tizimli rejalashtirish, resurslardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish quvvatlarini optimallashtirish;
Mahsulot sifatini nazorat qilish va standartlarga rioya etilishini ta’minlash;
Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar berish;
Ichki jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
Bo‘limlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish madaniyatini mustahkamlash;
Ishlab chiqarish xodimlari jamoasini boshqarish, motivatsiya va rivojlanish tizimini yaratish;
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sischiga hisobot berish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Ishlab chiqarish boshqaruvi sohasida kamida 5–7 yillik tajriba (to‘qimachilik yoki to‘liq siklli ishlab chiqarish afzal);
Tizim yaratish va jarayonlarni optimallashtirish ko‘nikmalari;
Strategik fikrlash va tahliliy yondashuv;
Jamoa bilan ishlash va yetakchilik qobiliyati;
Hisobotlarni yuritish, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bilan ishlash tajribasi;
Kompyuter savodxonligi, boshqaruv va tahliliy dasturlarni bilish;
Rus yoki ingliz tilini bilish afzal.
Shartlar:
Ish joyi: Qo'qon shaxar, Erkin Iqtisodiy zona
Ish grafigi: 6/1
Rivojlanayotgan tizimda o‘z tajribasini qo‘llash va natija yaratish imkoniyati.
GLOBAL MEDICAL CENTER
Ташкент
до 10000000 UZS
GLOBAL MEDICAL CENTER
Ташкент
до 25000000 UZS
GLOBAL MEDICAL CENTER
Ташкент
до 15000000 UZS
Ташкент
до 14000000 UZS
ГЕТ ЭКСПЕРТС РЕКРУТМЕНТ
Ташкент
от 15000000 UZS